Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet65/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

So‘Z YASALISHINING TUZILISHI

So‘z yasalishi hodisasi o‘zining ichki tuzilishiga ega bo‘ladi va ikkita tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:

a) yasashga asos qism;

b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so‘zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan hosila esa — terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so‘zida esa terim yasash­ga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi.

So‘z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni — yasashga asos va yasovchi vositani o‘z ichiga oladi. Agar so‘zda birdan ortiq yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so‘zida -chi yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchi yasalma, taroq so‘zida esa -q yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, so‘z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o‘rtasida mazmuniy bog‘liqlik, mazmuniy davomiylik bo‘ladi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tepki so‘zida yasalma bo‘lib, -ki yasovchi vositasida tep so‘zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma’nosini davom ettiradi: 1. Tepki uchun xoslangan moslama (otish qurolida). 2. Tepki zarbasi (tepki yedi).


So‘Z YASALISH USULLARI

So‘z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekanligiga ko‘ra so‘z yasalishining bir necha usullari bor:

1) yasashga asos qismga qo‘­shimchalar qo‘shish orqali (affiksatsiya);

2) so‘zlarni qo‘shish orqali (kom­pozitsiya). Masalan, ishla so‘zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo‘shim­chasini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘lgan. Qo‘shma korxona, ishlab chiqarish singari so‘zlar esa ikki so‘zni bir-biriga qo‘shish asosida hosil qilingan.

Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning mahsuldor usuli qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash — affiksatsiyadir. Bu usul tilda mavjud bo‘lgan muayyan so‘z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. So‘zlovchi xotirasida, so‘z yasash qoliplari va ularning ma’nolari haqida ko‘nikmaning mavjud bo‘lishi har qanday yangi yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish