Gapning egasi bor yoki yo`q bo`lishi mumkin. Shunga ko`ra:
I. egali (shaxsli) gap;
II. egasiz (shaxssiz) gap farqlanadi.
I. Egali gap – egasi ifodalangan gap. Bunday gapning egasini kesim orqali so`roq berish yo`li bilan tiklash mumkin va u gapda mavjud bo`ladi:
1. Salim shu vazifani bajarishi shart. 2. Bugun Samarqandga boramiz (biz).
Egali gap o`z o`rnida ikkiga ajraladi:
1) egasi voqelangan gap: Salim shu vazifani bajarishi shart;
2) egasi yashiringan gap: 1. Bugun Samarqandga boramiz (biz). 2. So`zimning ustidan chiqaman (men). 3. O`ylab ko`rsin (u). 4. Hurmat qilsang, hurmat topasan (hamma). Egasi yashiringan gap quyidagi turga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: