Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet127/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

Mayl shakllarida ko’chish. Mayl qo`shimchasi bir-birining o`rnida qo`llanadi:

a) xabar mayli buyruq maylini ifodalaydi: Qani, yozamiz, bolalar. Ketdik, yigitlar. Bugun ish ko`p, bolam. Mehmonlarning qo`liga suv quyasan, joy-joyiga o`tqazib, avval choy berasan. Ovqatlanayotganda ham gapiradimi, odam.

b) xabar mayli shart mayli o`rnida: Va’da berdingmi, bajar.

d) buyruq mayli xabar mayli o`rnida: O`zingiz o`ylab ko`ring. Mehnatni ular qilsin-u, foydani siz ko`zlaysiz.


III. Shaxs-son qo’shimchalari

Shaxs-son shakliharakat bajaruvchisini bildirib, mustaqil so`zlarni kesim vazifasiga xoslovchi, kesimni ega bilan bog`lovchi shakl.

Fe’llarning shaxs-son qo`shimchalarini olib o’zgarishi tuslanish deyiladi.

Hozirgi o`zbek tilida shaxs-­son ko`rsatkichining 4 ta guruhi mavjud:

1) birinchi (-man, ­-san, nol shakl yoki ­-di/­ti, -­miz, -siz(lar) guruh ­-(lar) ­-yap, ­-yotir, ­-moqda, -gan/­kan/­qan, -­i)b, ­-a/­y, -moqchi ko`rsatkichidan keyin qo`shiladi:





Men

}


bor­­ gan

ek kan

chiq qan


}


­­­man

Bor ­­yap



}

­­­­man

bor­a

}

­­­man

Sen

­­­san

­­­­san

­­­san

U

­ —

­­­ti

­­di

Biz

­­­miz

­­­­miz

­­­miz

Siz

­­siz

­­siz

­­siz

Ular

­­di

­­­ti

­­di

2) ikkinchi (­-m, -­ng, -­k, -­ngiz, ­-(lar)) guruh -­di, edi, -­sa ko`rsatkichidan keyin qo`shiladi:



Men

}


bor­di

}


­­­m

bor­ gan edi

}

­­­­m

bor­­ sa

}

­­­m

Sen

­­­ng

­­­­ng

­­­ng

U

­ —

­­—

­—

Biz

­­k

­­­­k

­­­k

Siz

­ngiz

­ngiz

­ngiz

Ular

­­(­­lar)

­­(­­­­lar)

­­(lar)

3) uchinchi (­-im, -­ing, -­i, -­imiz, -­ingiz, ­(-lar)i) guruh o`tgan va hozirgi zamon ko`rsatkichi bilan yo`q so`zi orasida bo`ladi:



Men

}

bor­­gan

}

­­­im

bor­­ ayotgan

}

­­­im

yo`q

Sen

­­­ing

­­­ing

U

­­i

­­i

Biz

­­­imiz

­­­imiz

Siz

ingiz

ingiz

Ular

­­(­­lar)i

­­(­­lar)i




Shaxs-son qo`shimchasining uchinchi guruhi ­kelasi zamonning she’riy uslubga xos -gu/­ku/­qu va fe’l modal shaklidan biri bo`lgan -­gi/­ki/­qi ko`rsatkichidan keyin ham qo`shiladi: men borgum, borgim keldi, sen borgung, borging keldi va hokazo.

4) to`rtinchi guruh buyruq-­istak mayli bilan birga voqelanadi: bor, boring, borsin, boray, boraylik kabi.

Shaxs­-son shakli kesim vazifasida kelgan fe’ldan boshqa mustaqil so`zga ham qo`shiladi: ishchiman, a’lochisiz, birinchiman, menman, sensan kabi.



Uslubiy belgilari. Shaxs-son shakllari nutqiy qurshov ta’sirida turli ko`chma ma’noda ham qo`llanadi.

Son ko`chishi:

1) birlik o`rnida ko`plik: Biz ko`rganmiz (Men ko`rganman), Ayam keldilar (U keldi). Dada, boring (bor);

2) ko`plik o`rnida birlik: Senlar bilmaysan (Siz bilmaysizlar). Ular keldi (Ular keldilar).

Shaxs ko`chishi:

3) II shaxs o`rnida I shaxs: Qani, bolalar, yozamiz.

4) II shaxs o`rnida III shaxs: Anvar yugurib borib Ahmadjonning yoqasidan oldi: – Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam.

5) I shaxs o`rnida III shaxs: Bu borada kamina uzr so`raydi. Nasriddin afandi asli G`irvondan chiqmaganmikan, deb o`ylanib qoladi kishi.



FE`LNING VAZIFA SHAKLLARI

Fe’l gapda boshqa so’zlar bilan bog’lanib kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo`ladi. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa (funksional, xoslangan) shakllari sanaladi. Fe’lning 4 ta vazifa shakli bor:



sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi

1. SOF FE`L. Tuslangan, ya’ni shaxs-son, zamon, mayl, shakliga ega fe’ldir. Sof fe’l gapda fe’l-kesim vazifasida keladi: Men ishlayapman. (haqiqiy fe’lga xos harakat bajaradi)
2. RAVISHDOSH. ­(i)b, -a, -y, -gancha, -­gudek, -gach, ­guncha: -gani

Ravishdosh shakli fe’lni fe’l bilan bog`lovchi vosita, fe’lni gapda hol vazifasiga xoslaydi: Bola pichirlab gapirdi. Kelguncha

Ravishdosh – fe’lning ravishga yaqinlashgan lug`aviy shakli. Ravish kabi ish-harakat va holatning belgisini bildiradi, ravishning so`rog`iga javob bo`lib, fe’lga bog`lanib hol vazifasida keladi, shu bilan birga, harakat-holat ma’nosini saqlaydi. Demak, unda ravishlik va fe’llik xususiyati mujassam: U ikkilanib javob berdi. Ishning boshi boshlanguncha.


-­(i)b, -a/­y; -gancha/­kancha/­qancha; -­gudek/­kudek/­qudek shakli bilan yasalgan ravishdosh holat ravishdoshi deb yuritiladi: o`qib, yozib, sevinib, yura­-yura, yig`lay­–yig`lay, yeb qo`ygudek, bitirib yuborgudek, shoshgancha;

-a/­y ko`rsatkichli ravishdosh takror holda qo`llanadi: bora-bora, yig’lay-yig’lay

–(i)b shakli holni kesimga bog`lasa, ma’no va shakl jihatdan ravishdosh bo`ladi: sevinib gapirdi. U, shuningdek, boshqa vazifani ham bajaradi:

– yetakchi fe’lni ko`makchi fe’lga bog`laydi: o`qib chiqdi, yoza boshladi;

– fe’lga shaxs-son qo`shimchasini biriktiradi: boribman, boraman. Bunda ravishdosh shakli bo`lsa-da, ravishdosh ma’nosi yo`q. Demak, bunday holda u fe’lning ravishdosh vazifa shakli bo`lmaydi. Balki zamon shakli bo`ladi.

-(i)b shakli o’tmishda –bon, -(ibon) shaklida ishlatilgan: Hunarni asrabon netgumdir oxir.

­ -gach/­kach, ­guncha/­kuncha: ko`rgach, tikkach, kelguncha shakllari bilan yasalgan ravishdosh shakli payt ravishdoshi deb yuritiladi: o`qigach, kelguncha, chiqquncha.

­ -gani/­kani/­qani (ba’zan -­gali/­kali/­qali) shakli bilan yasalgan ravishdosh maqsad ravishdoshi : Siz bilan maslahatlashgani keldim. Bu gulshan soz ekan, soz ustiga soz etgali keldik.

Ravishdoshning bo`lishsiz shakli -may (-mayin). Faqat maqsad ravishdoshi bo`lishsiz shaklga ega emas.

3. SIFATDOSH. – gan, -ydigan/adigan, -yotgan/ayotgan, -a(r)

Sifatdosh shakli fe’lning ot bilan aloqasini ta’minlab, uni sifatlovchi aniqlovchi vazifasiga xoslaydi: Sen yurgan yo`llardan men ham

Fe’lning sifatga yaqinlashgan lug`aviy shakli. Sifat kabi predmet-­hodisaning belgisini bildiradi, sifatlar kabi otlashadi, shu bilan birga, harakat-holat ma’nosini ham saqlaydi.

Unda sifatlik va fe’llik xususiyati mujassam: o`qigan, o`qiyotgan, chopadigan.

Sifatdoshda nisbiy zamon mavjud bo`ladi. Quyidagi shakllar bilan yasaladi:

Sifatlar shaxs va narsaning turg’un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o’zgaruvchan harakat belgisini ifodalaydi: qizil gul – qizargan gul

­ Sifatdoshlar fe’l shakli bo’lganligi uchun fe’lga xos bo’lgan zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi.

Sifatdoshning –gan/kan/qan qo`shimchasi shaxs-narsalarning o’tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi:ko’rgan bilgan

Bu qo`shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib –gan holida talaffuz qilinadi va yoziladi: istagan

Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga qo’shilib –kan holida talaffuz qilinsa ham –gan yoziladi: ko’chgan

Jarangsiz q undoshi va jarangsiz k undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilib -qan va –kan holida talaffuz qilinadi va yoziladi: chiqqan, ekkan

Sifatdoshning –yotgan/ayotgan shakli hozirgi zamonga xos belgi-harakatni bildiradi:



-ydigan/adigan,-(a)r shakli esa kelasi zamonni bildiradi: Xadicha hovlidagi gulzorga chiqib ketayotgan edi, onasi to’xtatdi. Mayin shamol nihollarni tebratar

­ Sifatdosh bog`langan ot tushib qolganda sifatdosh otlashadi: Ko`rgan (sifatdosh) kishilar (ot, bosh kelishikda, ko`plikda) gapirsinKo`rganlar (sifatdosh, bosh kelishikda, ko`plikda) gapirsin.

Sifatdoshning istakni ifodalovchi (kelasi zamonni ifodalovchi) ­-gur/­kur/-qur/­g`ur shakli ham qayd etiladi: bo`yning uzilgur bola, qurg`ur yigit, bo`lmag`ur gap.

Sifatdoshning bo’lishsiz shakli fe’llardagi kabi –ma qo`shimchasi yordamida yasaladi. –(a)r qo`shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlarga –ma qo`shimchasi qo’shilganda –r tovushi –s ga aylanadi kelar-kelmas

Sifatdoshlar fe’l singari nisbat shakllarini ham qabul qiladi: maqtangan bola (o’zlik nis), qurilgan uy (majhul nis), keltirgan maktub (orttirma nis)

Sifatdoshlar shaxs-son qo`shimchalarini qabul qiladi. Bunda zamon shakllari yuzaga keladi, ya’ni: o’qiganman (o’tgan zamon), o’qir edim (o’tgan zamon), o’qirman (kelasi zamon)



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish