Son shakli. Son shakli – otlarning son jihatidan bitta yoki ko`p bo`lishini ko`rsatuvchi shakl. Ikki shakli mavjud: birlik va ko`plik. Birlikdagi ot birlik va noaniq ko`plik ma’nosini bildiradi. Maxsus shakli yo`q. Do`konga kitob keltirildi (bitta yoki ko`p). Menga bitta kitob bering (birlik). Ko`plikdagi ot noaniq ko`plikni ifodalaydi, -lar shakli bilan hosil qilinadi: Yigitlar maktubin bitganda qondan…(A.Orip.)
Uslubiy belgilari. Ko`plik shakli ko`p ma’noli, atoqli otlar, mavhum otlar, sanalmaydigan otlar, asli birdan ortiq bo`lmaydigan, shuningdek, juft predmet nomiga qo`shilganda grammatik ko`plik emas, nutqiy qurshov bilan bog`liq quyidagi uslubiy ma’noni ifodalaydi:
1. Atoqli ot turdosh otga aylanib, “o`xshashlik” (zamonamiz farhodlari, Marg`ilonning kumushlari), yoki “yaqin shaxs to`dasi” ma’nosini (akauka Shojalilovlar, Salimlarnikiga bordik) bildiradi.
2. Yakka predmet nomi ko`chma (Navoiy, Bobur va Mashrab mumtoz she’riyatimizning so`nmas quyoshlaridandir) yoki kuchaytirilgan ma’no (Quyoshlarga yetdi faryodim) ifodalaydi.
3. Sanalmaydigan predmet nomi (yog`, suv, qum, tuproq, havo kabi) har xil tur, mo`llik ma’nosini (yog`lar (paxta yog`i, zigir yog`i, kunjut yog`i va hokazo)
4. Juft predmet nomi kuchaytirish ma’nosini (Ko`zlari qamashib ketdi. Oyoqlari zirqirab og`rir edi) ifodalaydi.
5. Mavhum ot kuchaytirilgan ma’no beradi: U xayollarga cho`mib ketdi. Ahvollar yaxshimi?
-lar shakli ko`plikdan tashqari yana quyidagi ma’noni ifodalaydi:
6. Hurmat – bunday paytda doimo egalik shakli ishtiok etadi va ko`plikdan oldin qo`shiladi: ayamlar, dadamlar, tog`amlar.
7. Taxmin, davomiylik: kechalari, tunlari, yozlari.
8. Kuchaytirish: Boshlarim og`rib ketdi. Yuraklarim ezilib ketdi. Tillarim achishdi.
9. Piching, kinoya: Tog`alari rais ekanmi? O`zlari ham qadam ranjida qilibdilarda?!
10. Tur-nav: unlar, suvlar.
Ko`plik lar shaklisiz ham ifodalanadi:
a) son bilan: Darsda 15 ta o`quvchi qatnashdi. To`rt tup olma ko`chati o`tqazdik.
b) ravish bilan: Maydonda ko`p odam yig`ilgan edi. Ta’tilda ancha badiiy asar o`qidim;
d) olmosh bilan: Shuncha qalamni nima qilasiz?
e) takroriy so`z bilan: dastadasta gul, to`dato`da odam, savatsavat non, qopqop bug`doy;
f) matn orqali: Bog`bonlar bog`iga ko`chat o`tqazishyapti. Zayniddin – davra ko`rgan odam.
Bunday ot baribir birlik shaklda deyiladi.
Yuqoridagilar asosida ko`plik ma’nosining ifodalanish usulini quyidagicha tartiblash mumkin: 1) morfologik usul: kitoblar, uylar; 2) sintaktik usul: ancha odam, bir qancha kitob; 3) leksik usul: armiya, xalq, olomon, guruh, to`da, dasta; 4) so`zni juftlash usuli: qop-qop, dasta-dasta; 5) leksik-morfologik usul: ancha kitoblar
Yuqoridagilardan tashqari yana ot turkumiga xos lug`aviy shakllar mavjud. Ular:
1. Qarashlilik shakli niki: meniki, seniki, bizniki, maktabniki, Rustamniki..
2. O`rin va payt belgisi shakli dagi: uydagi, ko`chadagi, mendagi, sendagi.
3. Chegara shakli gacha//kacha//qacha: uygacha, parkkacha, qishloqqacha. Markazgacha piyoda borishdi. Haligacha daragi yo`q. Ko`rgazmali qurol, bo`r, hatto lattagacha tayyorlab qo`yildi.
4. O`xshatish shakli dek//day: sherdek, kaftdek, kiyikdek. dagi, niki, gacha kabi affiks tarixan 2 ta qismdan tashkil topgan bo`lsada, hozir yaxlit murakkab qo`shimcha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |