Rus tilshunoslari mustaqil so’zlarni – ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’lga ajratadi. Ular narsaning nomini (ot), belgining nomi (sifat), miqdorning nomi (son), nomlar o’rnida almoshinib keluvchi (olmosh) degan xulosaga keladi. Bizning ajdodlarimiz esa ot, sifat, son va olmoshlarni birlashtirib ismlar guruhiga kiritgan. Ayni paytda quyidagi so’z turkumlari mavjud:
1) Mustaqil so’z turkumlari – ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l
2) Yordamchi so’z turkumlari – ko’makchi, bog’lovchi, yuklama
3) Taqlid so’zlar
4) Modal so’zlar
5) Undov so’zlar
Ismlarning lug’aviy shakllari
Ismlarning ko’plik (-lar), kichraytirish-erkalash(-cha, -gina, -jon, -xon, -oy) va qiyoslash(-dek, day) ma’nolarini bildiruvchi q-chalarga ega bo’lgan shakli lug’aviy shakllar sanaladi.
Ismlarning munosabat shakllari
Ismlarning munosabat shakllariga 1) egalik, 2) kelishik, 3) -man, -san, -dir qo’shimchalari va bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlari kiradi. Uchinchi turdagi q-chalr bog’lamalar deb yuritiladi.
Ular ism asoslariga qo’shilib, ularni boshqa so’zlarga bog’lab kelish va gap bo’laklarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |