1) to`g`ridan-to`g`ri tobelanish. Ergash gapning har biri to`g`ridan-to`g`ri bosh gapga bog`lanadi. Bunda oradagi biror ergash gap tushirib qoldirilsa ham, gap qurilishi va mazmuni buzilmaydi: To’g’risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi,(1) uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi,(2) doim bu oqil odamga munosib bo’lishga tirishadi(3) - To’g’risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi,(1 doim bu oqil odamga munosib bo’lishga tirishadi(3) kabi.
2) ketma-ket ergashishda har bir ergash gap biri ikkinchisiga, ikkinchisi keyingisiga va oxirgisi bosh gapga bog`lanadi. Bunday gap tarkibida turli xil ergash gap qatnashadi: Agar siniq shisha bo`lsa ham, birovning mulki bo`lsa, xiyonat qilma. Bunda oradagi ergash gap tushurilsa, gap qurilishi va mazmuni buziladi: Agar siniq shisha bo`lsa ham, birovning mulki bo`lsa, xiyonat qilma – Agar siniq shisha bo`lsa ham xiyonat qilma kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |