GAPLARNING HIS-HAYAJON
ISHТIROKIGA KO‘RA ТURLARI
Mustaqilligimiz abadiy yashasin! (Ko‘tarinki ohang bilan). Mustaqilligimiz abadiy yashasin.(Тinch ohang bilan).
Ma’lum voqea-hodisani hech qanday ehtirossiz oddiy bayon qilish bilan birga, ba’zan ehtiros, hayajon qo‘shilgan holda ifoda qilinadi. Yuqorida keltirilgan birinchi gap oddiy sodda gap bo‘lsa, ikkinchi sodda gap his-hayajon qo‘shilgan gapdir.
His-hayajonning qatnashish yoki qatnashmasligiga ko‘ra gaplar ikki guruhga bo‘linadi: 1) his-hayajonsiz gaplar. Bularga odatdagi darak, buyruq, so‘roq, istak gaplar kiradi; 2) his-hayajon gaplar (undov gaplar).
Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra yuqoridagi to‘rt xil turiga nutq jarayonida so‘zlovchining his-hayajoni qo‘shilish bilan bu gaplarni his-hayajon gapga aylantiradi. His-hayajon gaplar undov gaplar atamasi bilan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |