Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq


Istak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari



Download 0,89 Mb.
bet194/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

Istak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari
Nutq jarayonida boshqalarga o‘zingizning istak-xohishingizni bayon qilgingiz kelsa, ana shu maqsadingizga muvofiq kesimi shart-istak maylidagi fe’l bilan ifodalangan gap shaklini tanlaysiz. Masalan, Тoshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko‘rsam.
Eslab qoling. Kesimi shart-istak maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gaplar istak gaplar deyiladi.

Yozuvda istak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi.


SO‘ROQ GAPLAR VA ULARNING

USLUBIY XUSUSIYATLARI
O‘zingizga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida axborot olish uchun tarkibida so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari yoki so‘roq ohangi bo‘lgan gap shaklini (qolipini) tanlaysiz. Masalan, uyingizga kimdir keldi, lekin bu shaxsning kimligini bilmaysiz. Ana shu shaxs haqida aniq ma’lumot olish uchun kim keldi? deb so‘raysiz va so‘rog‘ingizga kelgan shaxs haqida aniq ma’lumot olasiz.

So‘rash maqsadida foydalanadigan gapingiz tarkibida, albatta, so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari yoki so‘roq ohangi mavjud bo‘ladi.


Eslab qoling. So‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari yoki so‘roq ohangi yordamida ifodalanib, so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida axborot olish maqsadida qo‘lla­niluvchi gaplarga so‘roq gaplar deyiladi.
So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar bilan so‘roq yuklamalari va so‘roq ohangi yordamida ifodalangan so‘roq gaplar qanday javob talab qilish bilan farq qiladi. So‘roq olmoshlari ma’nosiga muvofiq aniq javobni talab etadi. Masalan:

Guruhingizda kim yaxshi o‘qiydi?

Fotima.

So‘roq yuklamasi va so‘roq olmoshlari ishtirok etgan so‘roq gaplar esa ha yoki yo‘q javobini talab etadi. Ha va yo‘q so‘zlarini javob tarzda qo‘llab, so‘ngra unga izoh beriladi. Masalan:

Sen akademik litseyda o‘qiysanmi?

Ha, men akademik litseyning bitiruvchi o‘quvchisiman.



Yoki: — Bu litseymi?

Ha, bu litsey.

So‘roq gaplar oxiriga doimo so‘roq belgisi qo‘yiladi.

Ba’zan darak ma’nosini ifodalash uchun so‘zlovchi darak shaklidan (qolipidan) emas, balki so‘roq gap shaklidan (qolipidan) foydalanadi. Masalan, Buni kim bilmaydi?


Juda muhim. Bunday so‘roq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o‘zida bo‘ladi. So‘roq gap kesimi bo‘lishsiz fe’llar bilan ifodalangan bo‘lsa, tasdiq darak gap ma’nosini; aksincha, bo‘lishli fe’llar bilan ifodalangan bo‘lsa, inkor gap ma’nosini bildiradi.

Masalan, Bu daraxtni kesishga kim jur’at qiladi? («Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at qilolmaydi» ma’nosini bildiradi).

So‘roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi.

Shuningdek, so‘roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi mumkin. Masalan,

Yurmaysizmi? («yuring» ma’nosida)

So‘roq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi.

Darak ma’nosini ifodalagan so‘roq gaplarga so‘roq-darak gaplar, buyruq ma’nosini bildirgan so‘roq gaplarga esa so‘roq-buyruq gaplar deyiladi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish