Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet170/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

So`z birikmalari zanjiri. Gap tarkibida bir so’z birikmasidagi hokim so’z boshqa bir so’zga tobelangan, bir hokim so’z bir necha tobe so’z bir necha hokim so’zga aloqador bo’lgan hollarda so`z birikmalari zanjiri hosil bo’ladi. So’z bnirikmasidagi hokim va tobe so’zlar orasida bir necha boshqa so’zlar va so’z birikmalari kelishi mumkin. Kechqurunlari buvimdan oy yorug’ida turli rivoyatlar tinglardim gapida 6 ta so’z birikmasi zanjiri bor.


Sintaksis (II qism)

GAP HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir.

Grammatik asosda, ya`ni kesimda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma’nolari bilan bog’liq bo’ladi.

Kelishik, egalik, zamon va shaxs-son qo`shimchalari, shuningdek, ko’makchi va bog’lovchilar sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so’zlar tartib va ohang yordamida ham o’zaro bog’lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. Bu gapda oq va paxtalar so’zlari bir-biri bilan so’z tartibi orqali bog’langan.

Har bir gap biror maqsadni – mazmunni ifodalaydi. Og’zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo’ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi.

Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so’z (Kuz. Tong.) yoki so’z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr – maqsad anglashiladi: Ko’m-ko’k dala. G’arbiy chegaralardan biri.

Ayni bir sodda gapning ohangini o’zgartirish orqali ba’zan uch xil mazmun ifodalash mumkin: Buvijonim keldilar. – Buvijonim keldilar! – Buvijonim keldilar?

Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta, yo so’roq, yoki undov belgisi qo’yiladi.
I.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So’zlovchi 1) biror narsa, voqea- hodisa haqida xabar qiladi, 2) o’ziga noma’lum bo’lgan narsa va voqea-hodisalar to’g’risida ma’lumot olishni istaydi, 3) tinglovchiga biror ishni bajarish bo’yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlarga ko’ra turlicha quriladi: o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo’lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.

Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar: 1) darak gaplar 2) so’roq gaplar 3) buyruq gaplar 4) istak gaplarga (kesimi –sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi: Xorijiy tillarni o’rganib, chet ellarga o’qishga borsam) bo’linadi.

Darak, so’roq, buyruq va istik gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq, soda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin.


II. Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko’ra turlari

Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi: 1) his-hayajonsiz gaplar, 2) his-hayajon (undov) gaplar. Darak, so’roq va buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap deb ham nomlanadi.



Undov gap – fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gapdir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo’quv, tantana, taajjub, qayg’u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo’yiladi. M: Voy, qomatingdan onang o’rgilsin! O’z qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? Qadamlaringizga hasanot!

Salomlashish-so’rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog’langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To’y muborak! Xayr, do’stim) va undov gaplar hisoblanadi.

Undov gap so’roq gapdan hosil bo’lgan bo’lsa, oldin so’roq keyin undov belgisi qo’yiladi: Aytsangiz-chi, nima dedi?!
III. Gapning tuzilishiga ko’ra turlari

Nutqimizdagi gaplar bir yoki ikki grammatik asosdan, ba’zan esa ikkitadan ortiq grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Shu jihatdan gaplar ikkiga bo’linadi: 1) sodda gaplar, 2) qo’shma gaplar

Grammatik asosi bo’lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar sodda gaplar d-di. Shahnoza o’qidi. Shahnoza kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o’qidi kabi.

Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo’shma gap d-di. Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. Bilimli o’zar, bilimsiz to’zar. Odam borki, odamlarning naqshidir.



Sodda gap – tarkibida kesimlik shakllariga ega bo’lgan bitta kesim bo’ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq kesim bo’ladi. Qiyoslanadi: Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. – Kampirning ko’zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.

Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikki xil: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik) va egasiz gaplar (yangi filmni tomosha qildik)

Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko’ra: sodda yig’iq gaplar (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gaplar (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi)ga bo’linadi


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish