Ikkinchi bosqich (1939-1990 yilgacha) evropa siyosiy kartasida yuz bergan o`zgarishlardan tashqari, sotsialistik eksperimentning kengayishi (evropa va Osiyodagi ayrim davlatlarning sotsialistik yo`lga o`tishi), imperializm mustamlakachilik tuzimining emirilishi oqibatida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Okeaniyada 100 dan ortiq mustaqil davlatlarning barpo etilishi bilan xarakterlanadi. Mustamlakachilik tizimining barbod bo`lishi, milliy ozodlik harakatining kuchayishi, xalqlarning mustaqillik uchun kurashlari dunyo siyosiy kartasini tubdan o`zgartirib yubordi.
1943 yilda Livan va Suriya, 1945 yilda Indoneziya, 1947, yilda Hindiston diniy printsipga asosan ikkita dominyon Hindiston va Pokistonga bo`lindi; 1950 yilda Hindiston, 1956 yildi Pokiston respublikalari e`lon qilindi.
1947 yilda BMT bosh Assambleyasi Falastin hududida ikkita mustaqil Arab va Yahudiy davlatlarini tuzish to`g`risida qaror qabul qildi. 1948 yilda Isroil davlati tashkil etildi, lekin ko`p sabablarga ko`ra, hozirgacha Falastin arab davlati tuzilmadi. 1949 yilda sobiq Germaniya hududida dastlab GFR (AQSh, Angliya, Frantsiya ishg`ol zonasida), so`ngra GDR (SSSR zonasida) tuzildi. G`arbiy Berlin esa mustaqil siyosiy maqomga ega shaharga aylantirildi. SSSR chegaralarida ba`zi o`zgarishlar yuz berdi. Zakarpat Ukrainasi, sobiq Sharqiy Prussiyaning bir qismi (1946 yildan Kaliningrad viloyati), Pechengi rayoni, Janubiy Saxalin, Kuril orollari SSSR tarkibiga kirdi, Pol`shaga uning erlari–Seleziya, Pomor`e, Gdan`sk viloyatlari qayta qo`shildi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda dunyo siyosiy kartasida V`etnam (1945), KXDR (1948), Xitoy Xalq Respublikasi (1949), Birma (hozirgi M`yanma) (1948y), Tseylon (hozirgi Shri Lanka) (1972 y) 1953 yilda Laos va Kambodja paydo bo`ldi. 1947 yilda Malaya federatsiyasi tuzildi. 1963 yilda Singapur, Sabox, Saravak bilan birgalikda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 yilda Singapur mustaqil Respublika deb e`lon qilindi.
60-yillarning birinchi yarmida ingliz mustamlakalari Kipr, Quvayt, Mal`div orollari, 1967 yilda Janubiy Yaman, 1971 yilda Baxreyn, Katar, Birlashgan Arab Amirliklari, shuningdek Bangladesh (Sharqiy Pokiston) mustaqil bo`ldi. 1976 yilda Shimoliy va Janubiy V`etnam yagona davlatga birlashdi. 1975 yilda Laosda Monarxiya ag`darilib Laos Xalq Demokratik Respublikasi e`lon qilindi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Afrikaning 90 %ga yaqin hududi va 75 % aholi mustamlaka asoratida edi.
Afrikada birinchi bo`lib Shimoliy Arab mamlakatlari mustaqil bo`ldilar. Liviya (1951y.), Marokko va Tunis, Sudan (1957 y.), Gvineya (1958 y.), mustaqillikga erishdi. 1960 yil “Afrika yili” dan boshlab (shu yili 17 Afrika mamlakati mustaqil bo`ldi).Mustamlakachilikning parchalanishi jarayonini boshqa qit`alarda ham tezlashdi. evropada 1964 yilda Mal`ta mustaqil davlat bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |