Dunyo jadallik bilan rivojlanayotgan bugungi sharoitda insonlarda jamiyatda mavjud barcha voqelik va hodisalarga nisbatan qiziqish uyg`onadi. Bu esa ularni о`rganishni, tadqiq etishni talab etadi


Davlat va huquq nazariyasi fanining



Download 241 Kb.
bet12/13
Sana06.06.2022
Hajmi241 Kb.
#641453
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
davlat va huquq nazariaysi faninin

Davlat va huquq nazariyasi fanining funksiyalari


Davlat va huquq nazariyasi fani о`z oldiga qо`ygan maqsadlarini ado etish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.
Birinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining evristik funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi obyektiv voqelik — davlat va huquqni har tomonlama bilib olishning mantiqiy usullari va metodik qoidalari tizimiga ega. Bu funksiya davlat va huquqni izohlash, tushuntirish, davlat va huquq hodisalarini sharhlash bilangina emas, balki bu hodisalarning mohiyatini ochish orqali yangi-yangi qonuniyatlarini topish bilan ham shug`ullanadi. Mana shu evristika funksiyasidir. Evristika — haqiqatni topish san`ati hisoblanadi. Shunga kо`ra, davlat va huquq nazariyasi real voqelik — О`zbekiston davlati va huquqining yangi-yangi qirralarini topish san`ati vazifasini bajaradi.
Ikkinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining metodologik funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq jarayonlarini о`rganish vositalari bо`lgan qonunlar, kategoriyalar va tushunchalarni ilmiy jihatdan ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan bu ilmiy tushunchalar, ta`riflar, qoidalar, prinsiplar boshqa maxsus va amaliy yuridik fanlar uchun yо`riqnoma vazifasini о`taydi. Shunga kо`ra, davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqiy fanlar uchun metodologik funksiyani bajaradi.
Uchinchisi – davlat va huquq nazariyasining siyosiy funksiyasi. Davlat va huquq doimo siyosatning obyekti bо`lib kelgan. Siyosatning asosiy maqsadi esa xamisha davlat hokimiyatini egallash, shu orqali jamiyatni boshqarishni tashkil etishdan iborat bо`lgan. Shuning uchun ham siyosatni — davlatni boshqarish san`ati deb ham atashadi. Shu ma`noda davlat va huquq nazariyasi О`zbekistondagi davlat hokimiyati va boshqa siyosiy tashkilotlarni о`z ichiga oluvchi siyosiy hokimiyatni amalga oshirishni tashkil etishga kо`maklashadi. Bu davlat va huquq nazariyasining siyosiy funksiyasidir.
Tо`rtinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining amaliy funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalari, institutlari tо`g`risidagi bilimlarni amalda qо`llash vazifasini ham bajaradi. U О`zbekiston davlati faoliyatini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, tinch-totuv yashashlarini ta`minlash, davlatning ichki va tashkoy siyosatini barqarorlashtirish bо`yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Beshinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining ilmiy bashorat qilish funksiyasi. Ilmiy bashorat — mavjud voqelikning obyektiv qonunilarini bilish asosida, kelajakda yuz beradigan yoki yuz berishi mumkin bо`lgan voqea, jarayon va hodisalarni oldindan kо`ra bilish, aytib berishdir. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini о`rganish asosida ularning kelajakdagi taqdiri tо`g`risida ilmiy bashorat qilish funksiyasini ham bajaradi.
Oltinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqqa oid har bir hodisa, voqea, jarayonlarning yuzaga kelish va rivojlanish qonuniyatlarini о`rganib, odamlarning aqlu-zakovatini о`stirish asosida davlat va huquq taraqqiyoti tо`g`risidagi qarashlarning yaxlit ilmiy manzarasini yaratadi. Bu ushbu nazariyaning dunyoqarashni shakllantirish funksiyasidir.
Yettinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining g`oyaviy-tarbiyaviy funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi millatimizning istiqlol tufayli о`sib borayotgan о`zini о`zi anglash, bilish ehtiyojlarini qondirishga, davlatimizni jahon davlatlari bilan qiyoslab о`rganish asosida milliy ongimizni о`stirishga, yangicha milliy g`ypyp va tuyg`uni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu uning g`oyaviy-tarbiyaviy funksiyasidir. Ushbu funksiya, shuningdek, milliy mafkuramizning huquqiy asosi bо`lgan — Konstitusiya va qonunlarning ustunligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi qoidalariga og`ishmay amal qilishni, millatimizni umuminsoniy qadriyatlarning eng yaxshi an`analariga sodiq holda tarbiyalashni ham о`z ichiga oladi.

Adabiyotlar rо`yxati:





  1. Антонов И. П. Основи правовой системи Федеративной Республики ГерманиЙ. (Теоретический и историко-правовой аспекти). – М.: Академия управления МВД России, 2003. – 147 c.


  2. Download 241 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish