Dunyo iqtisodiyotga integratsiyalashish Xalqaro Valuta fondi Jahon banki, Osiyo taraqqiyoti banki kabi xalqaro moliya tashkilotlar faoliyatiga qatnashish bir qancha qoidalarga rioya qilishni talab etadi



Download 119,25 Kb.
bet6/25
Sana01.01.2022
Hajmi119,25 Kb.
#281308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
makroiqtisodiy tahlil va prognozlash axborot ta'minoti

Oqimlar va zaxiralar. MHTda rpuayyan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy faoliyat, masalan, bir yilda ishlab chiqarilgan YaIM aks ettiriladi.

Bunday turdagi statistik qatorlar yordamida «oqimlarn, qandaydir vaqt ma'lumotlari yordamida esa «zaxiralarn o'lchanadi.

Oqim - bu muayyan davr mobaynida, ya'ni vaqt birligida, masalan, oy, yilning choragi, yil va h.k. hisobida o'lchanadigan o'zgaruvchan. Oqim o'zgaruvchanlari iqtisodiy jarayonlaming vaqtga ko'ra «kechishini» tavsiflaydi: bir yil mobaynida iste'mol xarajatlarining miqdori, yilning choragi mobaynida ishini yo'qotganlar soni va h.k.

Zaxira - bu faqat muayyan vaqtda o'lchanadigan va muayyan sana (masalan, yilning boshi yoki oxiri) holatiga ko'ra obyektning holatini tavsiflovchi o' zgaruvchan .

Ichki yoki tashqi qarz hajmi, ishsizlar umumiy soni, iqtisodiyotda kapital hajmi kabilar zaxiraga misol bo'lishi mumkin.

Oqim va zaxira o'zgaruvchanlari o'zaro bog'liq. Oqimlar zaxiralardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi: qator yillar mobaynida budjet taqchilliklarining to'planishi davlat qarzining ortishiga olib keladi; kapital zaxirasining o'tgan yilning yakunidagi miqdori bilan solishtirilganda joriy yil oxirida uning o'zgarishi bir yil mobaynidagi sof investitsiyalar oqimi sifatida taqdim etilishi mumkin. Masalan, 2004-yilning oxiri holatiga ko'ra zaxiralar va 2005-yil mobaynidagi oqimlar 2005-yilning oxiri holatiga ko'ra zaxiralarga tenglashtirilishi kerak.



Ya/pi va sof agregatlar. MHTda «yalpi mahsulot» va «sof mahsulot» tushunchalari mavjud. Umumiy ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun barcha korxonalar ishlab chiqarishi hajmini qo's ish mumkin. Masalan, fermer tomonidan yetisht irilg an bug'doyning qiyrnatinL tegirmonchilar tomonidan ishlab chiqarilgan uning qiymatiga va novvoy yopgan nonning qiymatiga qo'shish mumkin. Ushbu misolda g'allaning qiymati ishlab chiqarish jarayonining turli

bosqichlarida uch marta hisobga olingan. Bunday ko'p martali hisoblashning oldini olish uchun MHTda faqat yakuniy mahsulot hisobga olinadi. Bunga barcha ishlab chiqarish birliklari mahsulotini qo'shish va oraliq iste'mol sifatida ma'lum bo'lgan boshqa firmalardan amalga oshirilgan barcha xaridlar summasini chegirma qilish yo'li bilan erishiladi.

Shu yo'! bilan olinadigan kattalik qo'shilgan qiymat deb nomlanadi. U muayyan davrdagi ishlab chiqarish umumiy hajmining ko'rsatkichi hisoblanadi.

Nazariy jihatdan olib qaralganda ichki mahsulot sof ko'rinishda ifodalanishi kerak. Buning o'rniga YaIM tushunchasidan foydalaniladi, bu ho! amortizatsiyani hisoblashning murakkabligi bilan izohlanadi.

MHTdagi bir gator boshqa iqtisodiy o'zgaruvchanlarni ko'rib chiqishda «yalpi» va «sof» atamalari ushbu o'zgaruvchanlarga amortizatsiya summasi kiritilgan-kiritilmaganligini ko'rsatish zarur bo'lgan holatlarda ham qo'llaniladi. Masalan, «yalpi kapital qo'yilmalarn <

«sof tashqi aktivlarn esa tashqi passivlar chegirrna qilingan holda tashqi aktivlarg_a teng.



Omit xarajatlar va bozor narxlari. YaIMni hisoblashda barcha korxonalar tomonidan yaratilgan qo'shilgan qiymat ularning mahsuloti tovarlar yoki xizmatlar bo'lish-bo'lmasligidan qat'i nazar, jamlanadi. Korxonalar tomonidan davlatga to'lanadigan soliqlar (mas;, Ian, «bilvosita soliqlarn deb noml...nuvchi sotishdan olinadigan soliq va qo'shiigan qiymat solig'i) avtomatik tarzda qo'shilgan qiymat tarkibiga kiritilmaydi. Agar qo'shilgan qiymat bilvosita soliqlarni o'z ichiga olmasa va barcna ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilgan qo'shilgan qiymatning umumiy miqdori olinsa, u holda mahsulot barcha daromadlar qiymatiga tenglashtiriladi. Mazkur fikr

«faktoriy qiymat bo'yicha mahsulot» nomini oldi. Agarda bilvosita soliqlar yalpi to'lovlari barcha ishlab chiqarish omillaridan olinadigan daromadlar umumiy miqdoriga qo'shilsa, u holda olingan agregat

«bozor narxi bo'yicha mahsulot» nomini olgan. «Bozor narxi» atamasi barcha bilvosita soliqlarni o'z ichiga oluvchi narxni anglatadi. Korxona tomonidan qandaydir davlat organidan subsidiya olinishi faktoriy daromadlar bilan ishlab chiqarish hajmi o'rtasida farqning paydo bo'lishiga olib keladi. MHTda,bozor qiymati bo'yicha YaIM olish uchun faktoriy qiymat bo'yicha YaIMdan beriladigan subsidiyalarni chiqarib tashlash lozim. Shunday qilib, qarama-qarshi belgilarga ega bo'lgan va o'zaro qoplanadigan farqlar yuzaga keladi: korxonalar tomonidan to'langan bilvosita soliqlar va korxonalar

tomonidan davlatdan olingan subsidiyalar.

Transfertlar - shunday to'lovlar jumlasiga kiradiki, ularni amalga oshirishda hech qanday almashish yoki hech qanaqa majburiyatlar yuzaga kelmaydi. Transfertlarga chet elda ishlovchi fuqarolar tomonidan jamg'armalar repatriatsiyasi (ularning ona diyori uchun ijobiy oqim), shuningdek, emigrantlarning sovg'alari, pul o'tkazmalari, xayriya tashkilotlari tomonidan yordam tariqasida va xorijiy davlatlar tomonidan iqtisodiy yordam tariqasida beriladigan mablag'lar. Transfertlar ichki iqtisodiyot ishl b chiqarishining bir qismi ekanligi bois, ular ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko'rsatkichlariga kiritilmaydi. Ayni paytda sof transfertlar baribir ushbu davrda mamlakat iqtisodiyotining ixtiyorida bo'lgan va ulardan iqtisodiyot yakuniy iste'mol yoki yalpi jamg'armalar uchun foydalanishi mumkin bo'lgan umumiy daromadni oshiradi yoki kamaytiradi.

Yalpi milliy daromad va chet eldan transfertlar summalarini aks ettirish uchun tasarrufdagi yalpi milliy daromad tushunchasi qo'llaniladi. Sof transfertlar manfiy bo'lishi (transfertlar to'lovlari transfertlar tushumlaridan yuqori bo'lishi), tasarrufdagi yalpi milliy daromad miqdori yalpi milliy mahsulot miqdoridan kam bo'lishi mumkin.



Nominal va real ko'rsatkichlar. Joriy davr narxlarida o'lchanadigan ko'rsatkichlar nominal ko'rsatkichlar deb nomlanadi; real ko'rsatkichlar - bu bazaviy davr narxlarida o'lchanadigan ko'rsatkichlardir. Qandaydir yil uchun nominal YaIM o'sha yil uchun tovarlar va xizmatlarni yakuniy ishlab chiqarish hajmiga teng. Real

o'zgarishi hamda ushbu ikkala omilning ham bir vaqtning o'zida o'zgarishi tufayli yuz berishi mumkin. Real YaIMning o'zgarishlari faqat yakuniy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishini aks ettiradi.

Bazaviy yil bilan solishtirilganda narxlar o'rtacha darajasining o'zgarishini nominal YaIMni real YaIMga bo'lish yo'li bilan o'lchash mumkin. Ushbu koeffitsiyent YaIMning nomuayyan narx deflyatori deb nomlanadi. Bazaviy yilda nomuayyan deflyator qiymati 1,0 ga (yoki, agar koeffitsiyent foizlarda ifodalangan bo'lsa 100 ga) teng. O'tgan yil bilan solishtirilganda YalM deflyatorining u yoki bu yildagi o'rtacha miqdorini o'lchash mamlakatda inflatsiyaning umumiy ko'rsatkichi hiso blanadi .


Download 119,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish