Preriya kichik oblasti. Shimoliy Amerikaning markaziy qismidagi
preriyalarni о‘z ichiga oladi. Meksika va Gudzon kо‘rfazini tashkil etgan dengiz
bо‘r davrining oxirlariga kelib chekingan va uning о‘rnida asta-sekin kserofit dasht
va chо‘l о‘simliklari vajudga kela boshlangan. Shunday qilib, о‘chlamchi davrda
Shimoliy Amerika dashtlari – preriyalar hosil bо‘lgan. Asosiy о‘simliklardan
chayir, chalov, bug‘doyiq, kaleriya, astra, floks, yovvoyi kungaboqar, buyvol о‘ti,
bizon о‘ti shuvoqlar va kaktuslarning bir necha turlarini kо‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |