Yevropa-Sibir о‘rmon kichik oblasti. Bu kichik oblastning shimoliy
chegarasi Yevropa va Osiyodagi о‘rmonlarning shimoli (Kola yarim oroli, Oq
dengizdan Yenisey, Xatanga va Kolim daryosi) orqali о‘tadi, janubiy chegarasi esa
Ural tog‘ chо‘qqisi hamda G‘arbiy Sibir tekisligining qayin, qarag‘ay, daur
tilog‘ochi о‘sadigan janubiy chegaralari orqali о‘tadi. Shunday qilib, Tinch okean
bilan Atlantika okeani о‘rtasidagi eni 1000 km bо‘yi 5000 km dan iborat maydonni
о‘z ichiga oladi.
Bu kichik oblast uchun xos bо‘lgan о‘simliklardan fin qarag‘ayi
(Skandinaviya uchun endem), oddiy qarag‘ayi (Oq dengizdan Uzoq Sharqqacha),
pixta, tilog‘och, ayan qarag‘ayi (Uzoq Sharq uchun xos), chetan, cheremuxa, qayin
grab, eman, zarang, liana, tog‘terak kabilarni kо‘rsatish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |