Xitoy-Yapon kichik oblasti Golarktik oblastining eng qadimiy kichik
oblasti. U 20000 dan ortiq о‘simlik turiga ega. Bu kichik oblast territoriyasida bо‘r
davridan buyon sodir bо‘lgan qandaydir katta о‘zgarishlar (muzlik qoplashi)
sababli uchlamchi davrdan hozirgi kungacha relikt tipli tekislik va tog‘ florasi
saqlanib kelmoqda.
Xitoy territoriyasida Manjuriya, Shimoliy Xitoy, Markaziy Xitoy, Markaziy
Xitoy va Janubiy (nam subtropik) Xitoy floralarini kо‘rish mumkin. Bu yerlada
daur tilog‘ochi, koreya kedri, Manjuriya va Ussuriya qarag‘ayi, mо‘g‘ul emani,
zarang, shumtol, grab, baxmal daraxti, tut daraxti, bambuk va boshqa
turkumlarning vakillari kо‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |