Dunyo bo’ylab buyuk muzeylar
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I BOB. Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
I.1. Dunyoning eng diqqatga sazovor muzeylari
I.2. Soha muzeylari
II BOB. Muzeylar olamiga virtual sayohat.
II.1. Dunyoning eng boy muzeylari virtual sayohat “eshik”larini ochdi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
MUZEYLAR (yun. musion — muzalarga bagʻishlangan joy) — tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiymaʼrifiy muassasalar. Muzeylar xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy Muzeylarning koʻplariga tadqiqot va taʼlimtarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeylarning oʻziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, koʻrgazmalar.
Zamonaviy ilmiy tasnifda Muzeylar tur va sohalar boʻyicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqotmaʼrifat (M. ning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq M., ommaviy Muzeylar deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot intlari qoshida oʻziga xos lab. vazifasini oʻtovchi) va oʻquv Muzeylar iga boʻlinadi. Sohalar boʻyicha tarix, q. x., tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa Muzeylarga boʻlinadi. Shuningdek, Muzeylarning memorial muzeylar, maj-mua oʻlkashunoslik kabi turlari bor.
Muzeylar katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi; ilmiy qujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-koʻrsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozi-siyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir.
Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi Muzeylarning paydo boʻlish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeylarning oʻtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy xazinasi (mil. av. 16-a.), Vanlar saroyi va ink ko-hinlarining arxivi (mil. av. 13—12-a. lar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (mil. av. l-z..) va b. shular jumlasidan. Kdsimdan ibodatxona, keyinroq xususiy toʻplamlarda (mil. av. 3-a. dan) asosan sanʼat asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va b. toʻplamlari). Vizantiya sobor va monastirlarida, keyinroq Fransiya, Italiya, Germaniya va b. mamlakatlar soborlarida turli xil toʻplamlar saqlangan. Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan Muzeylarning paydo boʻlishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr — Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi; bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jamlangan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiybadiiy noyob narsalar jamlangan saroy toʻplamlari (kunstkameralar, myunskabinetlar va b.) shuxrat krzongan. Dastlab Muzeylar va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya (L. Medichi, 15-a.), Rim (Vatikan muzeyi, 16-a.), Drezden (Avgust Saksonskiy, 16-a.) va b. joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub. 17—18-a. larda keyinchalik koʻplari davlat milliy Muzeylar negizini tashkil qilgan xususiy toʻplamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik) shakllandi.
Muzeylar, taʼlimtarbiya va ilmiy vazifalarga ega boʻlgan Muzeylar tizimi taraqqiyotiga obyektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va b. mamlakatlar eng taraqqiy etgan Muzeylar tizimiga ega.
Muzeylarning xalqaro maydonga chiqishi b-n ularning taʼsir doirasi kengayib bormoqda. Bunda koʻrgazmalar ayirboshlash birinchi oʻrinda turadi. Muzeylar jahonning turli mamlakatlariga oʻz xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet mamlakatlarning koʻrgazmalarini oʻzlarida qabul qiladi va koʻrgazma hamda Muzeylarda namoyish etadi. Muzeylar xalqaro madaniy alokalarni kengaytirishga yordam bermoqda, milliy madaniyatlarning oʻzaro boyishi va xalqlar oʻrtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |