1. Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o‘rni katta.
18-may butun dunyoda Xalqaro muzeylar kuni sifatida nishonlanadi. Toshkentda 30 dan ziyod muzey bo‘lib, ularda 113127 dan ortiq eksponat saqlanadi; har yili muzeylarga o‘rtacha 1,5 mln.ga yaqin kishi kiradi. Toshkentdagi yirik davlat muzeylari: O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy muzeyi, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi va boshqalar.
Muzeylarda ilmiy asarlar, qo‘llanmalar va kataloglar nashr etiladi. O‘zbekiston xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi, planetariy muzey tipidagi muassasalar qatoriga kiradi. Toshkent korxonalari, muassasalari va o‘quv yurtlarida tashkil qilingan muzeylar davlat muzeyi tarmoqlarini to‘ldiradi.
Muzeylar yo‘nalishiga mos tarixiy eksponatlarni to‘plash, ularni o‘rganish va saqlanishini ta’minlash, ilmiy tekshirish ishlarini olib borish, ekspozitsiyalar tayyorlash va ko‘rgazmalar tashkil etish, noshirlik ishlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik muzeylar faoliyatining asosini tashkil etadi.
TripAdvisor dunyoning eng diqqatga sazovor 25 muzeyi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi (The Metropolitan Museum of Art) - eng yaxshi muzey deb topildi.
Foto: tripadvisor.com The Metropolitan Museum of Art
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida Luizianadagi Ikkinchi jahon urushi milliy muzeyi nomi (The National WWII Museum) qayd etildi. Uchinchi o‘rin Fransiya poytaxtidagi D'Orsay muzeyi (Musee d'Orsay)ga nasib etdi.
Foto: tripadvisor.com The National WWII Museum
To‘rtinchi o‘rinni Chikago San'at instituti (The Art Institute of Chicago) egalladi. Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi va Qishki saroy beshinchi pog‘onada kelgan. Nyu-Yorkdagi yana bir taniqli muzey - Milliy 9/11 Memorial&Muzey (The National 9/11 Memorial & Museum) - oltinchi o‘rinda qayd etilgan.
Foto: tripadvisor.com Musee d'Orsay
Shuningdek dunyoning eng yaxshi muzeylari o‘nligidan Meksikadagi Milliy Antropologiya muzeyi (National Museum of Anthropology), Gretsiyadagi Akropolis muzeyi (Acropolis Museum), Ispaniyadagi Prado Milliy muzeyi (Prado National Museum) va Buyuk Britaniya poytaxtidagi Viktoriya va Albert (V&A - Victoria and Albert Museum) kabi muzeylar joy olgan.
Odatda, juda mashhurlikka erishgan san’atkorlar, sport yulduzlari tomoshabin va mablag‘ yig‘ishda doim yetakchilik qilib keladi. Xuddi shunday muzeylarning orasida ham “yulduzlar” mavjud. Bu millioner muassasalar o‘zlarining muvaffaqiyatlariga haqiqiy ommaviy sanoat mantig‘iga kirishgani uchun erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |