O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: Kompyuterda ishlashda Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablarini bilish va rioya etish. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va ularning vazifalarini bilish. Klaviaturadan foydalana olish (katta va kichik harflarni, sonlarni, maxsus belgilarni kirita olish). Sichqonchadan foydalana olish. Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o‘lchamlarini o‘zgartirish, …) bajara olish. Kompyuterdagi kalkulyator dasturidan foydalana olish. Grafik muharrirda sodda rasmlar hosil qila olish. O‘quv-pedagogik dastur vositalaridan foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |