Ixtiyorsiz diqqat diqqatning quyi formasi bo’lib, odatda qo’zg’atuvchilarning analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. U mo’ljal olish refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi hamda bu qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi tufayli paydo bo’lishi mumkin. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |