DTPI “Pedagogika’’ fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-kurs 404-guruh talabasi Fayzullayeva Safiyaning “Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan Taqdimoti Mavzu:Ko’rgazmali qurollar,ularning turlari va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi Reja 1.Tabiatshunoslik darslarida ko’rgazmali qurollarning ahamiyati 3.Globus ,xarita Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy ob’ektlar va ularning maketi , rasmi, sxemasi kiradi.Har qaysi ko’rgazmali qurollar muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo'Ilaniladi. Ko'rgazmalilik o'quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korrek-siyalashda katta ahamiyatga ega. To'g'ri qo'yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e'tiborni jalb qiladi. Bu savollar o'quvchilarni maqsadga yo'naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da'vat qiladi. Tabiatshunoslik darslarida qo'llaniladigan ko'rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo'lishi mumkin.
Ko'rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish. Inson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo'ladi. Atrof olamda o'zini to'g'ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog'liq bo'lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko'cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarga ular hali ko'rmagan ko'pgina obyekt va hodisalar to'g'riisda ma'lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko'rsatilmasa, yetarli, to'liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko'rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlami hosil qilish mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida ko'pincha devoriy suratlar ishlatila-ular bo'yicha sinf o'quvchilarining barchasi ishtirokida ish boriladi. Yirik suratlar bo'lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o'quvchiga ko'rsatish kerak.
KISHILARNING KUZDAGI MEHNATI Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o'quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko'rish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o'quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda — o'quvchilar soniga qarab to'plash kerak). Qabul qilish uchun tam sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o'qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o'simliklar, masalan, makkajo'xori, pomidor, poliz ekinlari (o'simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko'rsatilishi mumkin. Narsani o'quvchilarning barchasi yaxshi ko'rishlari uchun u sinf doskasiga o'qituvchi stoli balandligida o'rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o'quvchilarga faqat ularning tashqi ko'rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi Tabiiy qurollar –bu tabiat jismlaridir .Sinfda yoki tabiatshunoslik xonasida jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari ,barglar ,gullar,meva va urug’lar bo’lishi lozim .Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklar ‘gerbariylar va ekskursiyalardan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi. Sinfda jonli tabiat burchagida ko’p hayvonlarni ko’rsatishni iloji bo’lmasa bolalarga hayvonlarning rasmlarini yoki kinofilimlar orqali ko’rsatishimiz mumkin. YOVVOYI HAYVONLAR UY HAYVONLARI QUSHLAR O’SIMLIKLAR OLAMI Jonsiz tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma materiali ‘masalan’har xil rangdagi granit ,slyuda kvarts,dala shpati,loy,qum,kaltsit(bor,marmar ,ohak tosh),tuzlar,temir,mis rudalarning na’munalari va tuproq namunalari bo’lishi kerak. RANGLI METALL RUDALARI Yerning kichraytirilgan tasviri,ya’ni modeli GLOBUS deyiladi Tabiatshunoslik darslarida turli xildagi xaritalar va globuslardan foydalanish o’quvchilarda yer yuzasi haqidagi tassavurlarini boyitishda yordam beradi. Xarita –yer yuzasi yoki ayrim qismlarining kichraytirilgan yassi tasviridir O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XARITASI Foydalanilgan adabiyotlar 1.Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi .O’quv qo’llanma .T2005 2.1-2 sinf “Atrofimizdagi olam” darsligi 3.3-4 sinf “Tabiatshunoslik”darsligi
Do'stlaringiz bilan baham: |