4 -amaliy mashg`ulot. Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo
gorizantal bog’lanish (2 soat)
Mashg'ulotdan maqsad: Boshlang’ich sinf o'quvchilarida fanlararo gorizantal bog’lanish orqali darslar tashkil qilish ko'nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, o'quvchilarda fanlararo gorizantal aloqadorlikga doir dars ishlanmalarini tuzish usullari haqida tasavvur va tushunchalar hosil qilish va ularni tayyorlashni amaliyotda ko'rsatish.
Kerakli jihozlar: fanlararo aloqadorlikga oid uslubiy manbalar, tarqatma va didaktik materiallar.
Bilishi kerak bo’lgan manbalar:
- fanlararo aloqadorlikga oid bilimlarni;
fanlararo aloqadorlikga oid darslar tashkii qilishni.
Bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar:
fanlararo gorizantal aloqadorlikga oid dars ishlanmalari tayyorlashi.
Ishni bajarish tartibi:
fanlararo gorizantal aloqadorlikga oid adabiyotlardan ma'lumotlar yig'ish;
fanlararo gorizantal aloqadorlik mazmunida darslar tashkil qilish haqida bilimlar berish;
fanlararo gorizantal aloqadorlikga oid darslar tashkil qilish;
fanlararo gorizantal aloqadorlikga oid dars ishlanmalari tayyorlashi;
bilimlarni nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Fanlararo aloqa turlari maxsus bilimlar yoki faktik, metodologik, mafkuraviy bo’lib, maxsus bilim sohasi hisoblangan integratsion o’qitishni asos qilib, unda fanlararo o’qitishda gorizantal bog’lanishlar ko’zda tutiladi.
Gorizantal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida sinflar aro parallel bog’lanish tushuniladi. U quyidagicha ifodalaniladi: 2-sinf “Atrofimizdagi olam ” darsligidagi “Ob-havo, uning belgilari ”, “Yil fasllari”, “Kuz hosil yig‘iladigan fasl ”, “Kuzda hayvonlar va hashorotlar hayoti”, “O‘lkamizda bahor”, “Bahorda o‘simliklar hayoti”,“Uy hayvonlari”, “Yovvoyi hayvonlar”, “Tabiat va inson” mavzularini, 2-sinf “Ona tili” darsligidagi “Gap va so‘z” mavzusining: 9-mashq, 15-mashq topshiriqlarini yoki “Bosh harf bilan yoziladigan so‘zalar” mavzusining 16-mashq, 17-mashq, 18-mashq, 19-mashq, 21-mashq topshiriqlarini, “Tovushlar va harflar ” mavzusining: 24-mashq, 37-mashq, 43-mashq, 44-mashq topshiriqlarini, “Undosh tovushlar va harflar”ga oid: 48-mashq, 65-mashq, 76-mashq, 82-mashq, 98-mashq topshiriqlarini o‘zaro bog‘lab fanlararo o‘qitish, shuningdek, 3-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Havoning ahamiyati”, “Tabiiy o‘simliklar”, “Madaniy o‘simliklar”, “Yovvoyi hayvonlar”, “Hashorotlar”, “Uy hayvonlari”, “Tabiat va inson”, “Tabiat muhofazasi”, “Ekologik xavfsizlik” mavzularini, 3-sinf “Ona tili” darsligidagi “Nutq. Gap. So‘z” mavzularining: 74-mashq, 75-mashq, 93-mashq, 103-mashq, 116-mashq topshiriqlar bilan, 4-sinf “Tabiatshunoslik darsligidagi”, “Oy-yerning tabiiy yo‘ldoshi”, “Xaritalar”, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi”, “Suv havzalari”, “O‘simlik va hayvonot olami”, “O‘lkamiz tog‘lari tabiati”, “O‘rmonlar”, “O‘zbekistondagi tabiat boyliklari”, “O‘zbekiston qoriqxonalari”, “Vatanimiz xaritasi yonida” mavzularini, 4-sinf “Ona tili” darsligidagi “So‘z turkumlari” mavzusining: 148-mashq, 151-mashq, 152-mashq, 153-mashq, 157-mashq, 187-mashq topshiriqlari bilan, yoki “Sifat so‘z turkumi”ga oid: 265-mashq, 266-mashq, 267-mashq, 271-mashq, 279-mashq, 309-mashq, 313-mashq, 364-mashq topshiriqlarini fanlararo aloqadorlik mazmunida o‘qitish nazarda tutildi. Bu bog‘lanish turi asosan, dars jarayonida sinflararo parallel ravishda shakllantiriladi
Quyida boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo gorizantal bog‘lanishni yo‘lga qo‘yishga oid dars ishlanmasi.
Dars mavzusi: “Yil fasllari” (Atrofimizdagi olam, 2-sinf).
Do'stlaringiz bilan baham: |