Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash. “Insonning tabiatga ta’siri” mavzusi yuzasidan qisqacha savol-javob o’tkaziladi. O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun “T-jadval” texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar insonning tabiatga salbiy va ijobiy ta’sirlarini ajratib yozishlari lozim bo’ladi.
O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi jarayoni bilan tanishtirish. O’qituvchi o’quvchilarning fanlararo bilimlarini baholagandan so’ng, ularning eng avvalo, tabiatshunoslik va tarbiya o’quv fanlaridan o’zlashtirgan bilimlarini aniqlaydi. So’ngra o’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, “Klaster” metodining dars jarayonida o’rni va ahamiyati, shuningdek, o’quvchilarni guruhlarga ajratib, bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |