Dorivor o‘simlik xomashyolaridan oshlovchi moddalarini ajratib olish va tahlili


OSHLOVCHI MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI



Download 0,79 Mb.
bet5/11
Sana14.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#666688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mahmudov F

OSHLOVCHI MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI
O‘simliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir qancha formalari aralashmasidan iborat, shu sababli ular amorf kukun (poroshok) holida bo‘ladi. Sof holda ajratib olingan ba’zi kompo­nent­lar (masalan, katexinlar) esa kristall holda bo‘ladi.
Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtda va sirka kislotaning etil efirda yaxshi, boshqa organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och qo‘ng‘ir rangli, hidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga ega bo‘lgan kolloid eritma.
Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil modda, og‘ir metal­larning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida cho‘ktirish mumkni. Tanidlar ko‘p atomli fenollarning unumlari bo‘lib, boshqa fenollar singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi bilan rangli (qora-yashil va qora-ko‘k rangli) cho‘kma hosil qiladi. Tanidlar havo kislorodi va fermentlar ta’sirida oksidlanib, qo‘ng‘ir rangli hamda sovuq suvda erimaydigan birikma – -flobafenlarga aylanadi.
OSHLOVCHI MODDALARNING KIMYOVIY TARKIBI
Turli o‘simliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biridan katta farq qiladi. Shunga qaramay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha tanidlar molekulasida doimo bir nechta oksi guruh (ON) saqlovchi benzol yadrosi bo‘ladi. Bosh­qa­cha qilib aytganda, barcha oshlovchi moddalar ko‘p atomli fenollar – polifenollar unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruhlar soni kamida ikkita, qator – o‘rta holatda (pirokatexinga o‘xshash) yoki uchta bo‘lib, qator – vitsinal (pirogallolga o‘xshash) joylashadi.
Tanidlarni ishqorlar ishtirokida 180–200° gacha qizdirilsa, ulardan pirokatexin yoki pirogallol ajralib chiqadi. Shuning uchun ular pirogallol va pirokatexin guruhlariga bo‘linadi. Bu klassifi­katsiya tanidlarning eng oddiy va eng eski klassifikatsiyasidir. Ana shu klassifikatsiya bo‘yicha oshlovchi moddalarning ayrim guruhlarini aniqlashda quyidagi reaksiyadan foydalanilgan: agar oshlovchi moddalar eritmasiga uch valentli temir tuzlarining eritmasi ta’sir ettirilsa, pirokatexin guruhiga kiruvchi tanidlar qora-yashil, pirogallol guruhiga kiruvchi tanidlar esa qora-ko‘k cho‘kma hosil qiladi.
Oshlovchi moddalarning oxirgi klassifikatsiyasi 1911 yilda G.G.Povarnin tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1919–1920 yillarda Freydenberg uni o‘z klassifikatsiyasiga asos qilib olgan.
Agar oshlovchi moddalarga kislotalar hamda boshqa reaktivlar ta’sir ettirib qizdirilsa, ularning bir qismi gidrolizlanib, birmuncha oddiy komponentlarga parchalansa, ikkinchi qismi esa murakkablashib yuqori molekulali birikma hosil qiladi. Shunga ko‘ra Povarnin va Freydenberg barcha oshlovchi moddalarni ularning kimyoviy tarkibiga va ayrim molekulalari orasidagi bog‘lanishlarga qarab ikkita katta guruhga bo‘ladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish