Dorivor o‘simlik xomashyolaridan oshlovchi moddalarini ajratib olish va tahlili


MAHSULOT TARKIBIDAGI OSHLOVCHI MODDALAR



Download 0,79 Mb.
bet10/11
Sana14.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#666688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mahmudov F

MAHSULOT TARKIBIDAGI OSHLOVCHI MODDALAR
MIQDORINI ANIQLASH USULLARI
Oshlovchi moddalar miqdorini aniqlashda og‘irlik, hajm, kalorimetrik, nefelometrik va biologik usullardan foydalaniladi. Bu usullarning hammasi tanidlarni oqsil moddalar, og‘ir metallar tuzlari bilan cho‘ktirish, kuchli oksidlovchilar ta’sirida oksidlash, ba’zi birikmalar bilan rang va loyqa hosil qilish reaksiyalariga asoslangan. Butunittifoq yagona usul (VEM – Vsesoyuznыy edinыy metod) va XI DF qabul qilgan ofitsinal usullar ham yuqorida aytib o‘tilgan reaksiyalarga asoslangan.
VEM tanidlarni oshlanmagan – xom teri kukuni (poroshogi) bilan cho‘ktirishga asoslangan bo‘lib, sanoatda oshlovchi mahsulotlar sifatini aniqlashda qo‘llaniladi.
Dorivor mahsulotlardagi oshlovchi moddalar miqdori XI DF da qabul qilingan Levental-Kursanov usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul tanidlarning kislotali sharoitda kaliy permaganat – KMnO4 yordamida oksidlanishiga asoslangan. Indikator sifatida indigosulfon kislota qo‘llaniladi. Bu kislota1 tanidlar oksidlanib (titrlanib) bo‘lgan zahotiyoq (filtratdagi o‘simliklardan ajralib chiqqan boshqa organik moddalarning oksidlanishiga yo‘l bermay) o‘zi oksidlanib, ko‘k rangdan sariq rangga o‘tadi.
Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha). Maydalangan va teshigining diametri 3 mm li elakda elangan 2 g atrofidagi (aniq tortilgan) mahsulot 500 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi, ustiga 250 ml qaynagunicha qizdirilgan suv quyiladi, kolbaga vertikal sovutkich o‘rnatib, usti yopiq eletroplitka ustida vaqti-vaqtida chayqatib turgan holda 30 daqiqa qaynatiladi.
Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach kolba ichidagi suyuqlik xona haroratiga kelguncha sovitiladi va so‘ngra undan 100 ml miqdorda boshqa, 200–250 ml hajmli konussimon kolbaga paxta orqali (mahsulot bo‘lakchalari kolbaga tushmasligi kerak) filtrlanadi. Filtratdan pipetka yordamida 25 ml olib, 750 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi, ustiga 500 ml suv va 25 ml indigosulfokislota eritmasidan qo‘shib, doimiy chayqatib turgan holda aralashmani kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan aralashma tiniq-sariq rangga o‘tgunga qadar titrlanadi.
Indigosulfon kislotani titrlash uchun qancha kaliy permagant eritmasi sarflanganini quyidagicha aniqlanadi. 750 ml hajmdagi kolbaga 500 ml suv va 25 ml indigosulfon kislota solib, aralashma tiniq sariq rangga o‘tgunga qadar kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Mahsulot tarkibidagi tanidlarning % miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bunda: x – tanidlarning % miqdori; 0,004157 – taninning kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bo‘yicha titri (pirogallol guruh oshlovchi moddalar uchun; pirokatexin guruh oshlovchi moddalar uchun titr 0,00582 ga teng); a – tanidlar va indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf bo‘lgan kaliy permaganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; b – indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf etilgan kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; m – tahlilga olingan mahsulot og‘irligi g miqdorida; W – mahsulotning namligi, % hisobida.
O‘simliklar tarkibida tanidlarning pirogallol va pirokatexin guruhlari doimo birga uchraydi, shuning uchun (ayniqsa, kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalar bo‘lsa) ularni faqat pirogallol guruhi (tanin) bo‘yicha hisoblash noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu xil hisob bilan chiqarilgan miqdor haqiqiy miqdordan ancha kam bo‘lgani uchun hisoblashga pirokatexin guruhini titrini olish lozim.
Mahsulotdagi oshlovchi moddalar miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun Toshkent Farmatsevtika Instituti farmakognoziya kafedrasining sobiq mudiri prof. R.L.Xazanovich va shu kafedra professori H.X.Xolmatov yangi usul ishlab chiqdilar. Bu usulga ko‘ra oldin tanidlarning filtratdagi umumiy miqdori kaliy permanganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan titrlanadi, so‘ngra filtratdagi kondensatsiyalanuvchi guruh cho‘ktirilib, gidrolizlanuvchi guruh alohida titrlanadi. Oxirgi miqdorni umumiy titrlashga ketgan kaliy permaganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdoridan olib tashlansa, kondensatsiyalanadigan guruhga sarf bo‘lgan kaliy permaganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori kelib chiqadi. Natijada har ikkala guruhdagi tanidlarning % miqdori alohida-alohida hisoblanadi. Bu miqdorlar yig‘indisi esa mahsulotdagi oshlovchi moddalarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish