Qadoqni tuldirish hajmi
Quruq qoldiq. Oldindan tortib olingan chinni kosachaga 30 ml preparat solib, 100-1050S haroratda 1 soat davomida quritiladi. Qoldiq miqdori 0,05% dan oshmasligi kerak.
Zichligi, nur sindirish ko‘rsatkichi, Phi aniqlanadi.
14-maruza: Ajratmalar sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.
Reja:
Kirish
1. Galen preparatlari va ularni tayyor dori vositalari orasida tutgan o‘rni.
Nastoykalar va ularni ishlab chiqarishning bugungi kundagi ahvoli.
Ekstraktlar va ularni ishlab chiqarishning bugungi kundagi ahvoli.
Galen preparatlarini sifatini baxolash.
2.1. Nastoykalarni sifatini baxolash.
2.2. Ekstraktlarni sifatini baxolash.
2.3. Galen preparatlarini qadoqlash, o‘rash
Xulosalar
Nastoyka va eliksirlarda “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. Xalkaro patentlanmagan nomi
3. Tarkibi
4. Tavsifi
5. CHinligi
6. Og‘ir metallar
7. Mikdoriy tahlili
8. Spirt miqdori yoki zichligi
9. Quruq qoldiq
10. Qadoqni to‘ldirish me’yori
11. Mikrobiologik tozaligi
12. O’rami,
13.Yorliqlash
14.Saqlash
15. YAroqlilik muddati
16. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
Nastoyka tarkibidagi spirt quvvatini qaynash harorati bo‘yicha aniqlash.
Qaynatish uchun mo‘ljallangan idishga 40 ml nastoyka solinib, unga nastoykani bir me’yorda qaynashini ta’minlash uchun chinni yoki ingichka shsha naycha bo‘lakchalari solinadi. Idishga termometr shunday tushiriladiki, uning simobli qismi suyuqlikka 2-3 mm botib turishi kerak. So‘ngra nastoyka bir tekisda qaynagunga qadar qizdiriladi va harorat o‘zgarmas xolga etgandan so‘ng 5 daqiqa vaqt o‘tgach, termometr ko‘rsatkichi yozib olinadi. Topilgan qaynash xaroratini bosimga to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun barometr ko‘rsatkichi ham yozib olinadi.
XI DF ning jadvalidan foydalanib, tajriba vaqtida kuzatilgan bosim 760 mm simob ustuniga keltiriladi. Bunda har 1 mm simob ustunining o‘zgarishiga 0,04oS to‘g‘ri keladi. Bu tuzatgich kuzatilgan xaroratga qo‘shiladi yoki ayriladi. So‘ngra tekshirilayotgan nastoykadagi spirt miqdori jadval orqali topiladi (XI DF 1 juz, 28-bet).
Masalan: valeriana nastoykasi tarkibidagi spirt quvvatini aniqlash jarayonida, nastoykaning qaynash harorati 80,9oS ni tashkil etgan. Agar bosim 752 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, bosimlar farqi 760 – 752 = 8 mm.
Tuzatgich 0,04oS . 8 = 0,32oS
752 mm simob ustuni 760 dan kam bo‘lganligi sababli tuzatgich qaynash haroratiga qo‘shiladi:
80,9oS + 0,32 = 81,22oS
Jadvalga binoan bu qaynash harorati 66% li spirtga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |