Streptotsidning 0,3 g li tabletkalari (Tabulettae Streptocidi 0,3 g)
Tarkibi:
Streptotsid - 0,3000 g.
Kraxmal - 0,0267 g.
Kaltsiy stearat - 0,0033 g.
O’rtacha massasi - 0,3300 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.
Quritish javoni.
9 mm li qolip va puansonlar.
Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar.
Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog’oz.
Kaltsiy stearat.
Tarozi va toshlar.
Streptotsid substantsiyasi.
Kartoshka kraxmali.
Shisha tayoqcha.
100 ml li tagi yassi kolba.
Tozalangan suv.
Elektr plitasi.
Tabletkani qadoqlaydigan idish.
Tibbiyot paxtasi va doka.
“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasining texnologi M.K.Mirzaev boshchiligida №070416 seriyadagi streptotsid tabletkasi ishlab chiqildi. Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan streptotsid ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 17% li kraxmal shilimshig’i bilan yaxshilab namlandi. Massa pergament qog’oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°C haroratda quritgich jovonida quritildi. So’ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kaltsiy stearat aralashmasi bilan upalandi. Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og’irligi 0,33 g dan qilib presslandi.
Ammo presslash jarayoni bir me’yorda kechmadi, massa qoliplarga yopishib, tabletka sathi va chetlari silliq chiqmadi. Ushbu muammoni qanday xal qilish mumkin?
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Talabalarga yo‘riqnoma
Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Tabletka va uni tayyorlash texnologiyasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun tabletka va uni tayyorlash usullari, ishlatiladigan asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, turli omillarning tabletka sifatiga ta’sirini o‘rganish lozim.
|
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |