72
Draje tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdoridagi chetlanish xususiy maqolada ko‘rsatilgan usulda
aniqlanadi
Drajelarning og‘irlikdagi farqlarini aniqlash uchun 20 ta drajeni birgalikda 0,001 g aniqlikda tortib,
o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi. So‘ng xar bir draje shu aniqlikda alohida tortilib, o‘rtacha og‘irlikdan
farqi, foiz miqdorda topiladi.
0,1 g gacha bo‘lgan drajelar uchun bu farq +10%,
0,1-0,3 g - +7,5%,
0,3 g va undan yuqorilari uchun +5% ni tashkil etishi kerak.
Obakilash usuli
yordamida olingan, alohida qobiqli drajelarning massasi, o‘rtacha massadan
farqi +15% dan oshmasligi kerak.
Faqat 2 ta drajegina ko‘rsatilgan
chegaralardan oshuvchi, biroq ikki martadan ko‘proq
oshmaydigan chetlanishga ega bo‘lishi kerak.
Parchalanuvchanlikni aniqlash
XI DF ko‘rsatmasiga binoan, bu ko‘rsatkich maxsus asbob – identifikator yordamida aniqlanadi.
Parchalanish vaqti XI DF ning xususiy maqolalarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar bunday
ko‘rsatma bo‘lmasa, u holda drajelar 30 daqiqagacha parchalanishi kerak.
Asbobning tuzilishi. Aniqlash asbobi yig‘ma
korzinka, suyuqlik uchun sig‘imi 1 l bo‘lgan
idish, issiqlikni bir me’yorda (37+20S) bo‘lishini ta’minlovchi qurilmalardan iborat bo‘lib,
korzinkani tik holda 5-6 sm yuqoriga va pastga qarab, bir daqiqasiga 28-32 marta ko‘tarib
tushiruvchi elektromexanik qurilmaga ulangan bo‘ladi. Yig‘ma korzinka uzunligi 77,5 mm,
ichki
diametri 21,5 mm, devor qalinligi 2 mm bo‘lgan 6 ta shisha naychalardan tashkil topgan. Naychalar
vertikal holatda diametri 90 mm va qalinligi 6 mm bo‘lgan, bir-biri va disk markazidan bir xil
masofada joylashgan diametri 24 mm bo‘lgan 6 ta teshikli, 2 ta plastmassa disklar yordamida ushlab
turiladi. Pastki diskning ostki yuzasiga zanglamaydigan po‘latdan
tayyorlangan, teshiklarining
o‘lchami 2 mm bo‘lgan sim to‘r o‘rnatiladi (agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatmalar
bo‘lmasa).
Korzinka 6 ta yo‘naltiruvchi plastmassa disklar bilan ta’minlangan bo‘lib,
ular shisha
naychalar ichiga qo‘yiladi. Diskning umumiy massasi 1,8-2,1 g, diametri 20 mm, balandligi 10 mm.
Disklarning qo‘llanilishi xususiy maqolalarda aytib o‘tiladi.
Aniqlash uchun 18 ta draje namunasi olinadi. Xar bir naychaga 1 donadan draje
joylashtiriladi. Bunda tekshirishga olingan 6 ta namuna drajelarining hammasi to‘la parchalanishi va
to‘rdan o‘tib ketishi kerak. Agar 1-2 ta draje talabga javob bermasa tekshiruv qolgan 12 ta drajelarda
qaytariladi. Olingan 18 ta namunadan eng kamida 16 tasi to‘liq
parchalanib, to‘rdan o‘tib ketishi
kerak.
Drajelarning suvda parchalanish muddati
asboblarning tuzilishiga, ishlash jarayoniga,
suyuqlik miqdoriga, xaroratga, tebranish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: