Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Modda miqdorining bir xilligi



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Modda miqdorining bir xilligi.
Aniqlash DF XI, 2 tom, 156 b. ga asosan olib boriladi. 1 ta 
tabletkani hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solib, ustiga natriy gidrofosfatni atsetonitrildagi 
eritmasining 15 ml miqdori qo’shiladi, kolba tabletka to’liq parchalanguncha chayqatiladi, 10 daqiqa 
davomida ultratovushli vannada eritiladi, belgilangan miqdorga yuqoridagi erituvchi bilan 
yetkaziladi, aralashtiriladi va teshigining diametri 0,45 mkm bo’lgan “Millipor” filtri orqali 
filtrlanadi, boshlang’ich 10-15 ml filtrat tashlab yuboriladi. 
“Miqdoriy tahlil” bo’limida yozilganidek, navbatma navbat 50 mkl miqdordagi 
tekshiriluvchi va simvastatin ISN eritmasini yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida 
xromatografiyalanadi. 
1 ta tabletkadagi simvastatinning foiz miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblab 
topiladi: 
S
0
– standart namuna xromatogrammasidan olingan simvastatin ISN eritmasi hosil qilgan 
cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati; 
S
1
– tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha 
qiymati; 
a
st
– simvastatin ISN miqdori, mg; 
a – simvastatin miqdori, “1 ta tabletka uchun tarkib” bo’limida keltirilgan, mg; 
P – standart namunasidagi simvastatinning foiz miqdori. 
1 ta tabletkadagi simvastatinning miqdori DF XI, 2 tom, 156 b. talabiga javob berishi kerak. 
Mikrobiologik tozaligi.
Preparat DF XI, 2 tom, 193 b. va 12.10.2005 y. O’zgartirish №2, 
kategoriya 3 “A” talabiga javob berishi kerak. Preparat tekshiruv jarayoni davomida antimikrob 
xususiyatni namoyon qilmaydi. 
Miqdoriy tahlil.
Simvastatin.
Maydalangan tabletkalardan 307,5 mg miqdordagi kukunni 
tortib olib, hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi. Unga natriy gidrofosfatning 
atsetonitrildagi eritmasidan 50 ml qo’shiladi, 10 daqiqa davomida ultratovushli vannada eritiladi, 
eritma hajmi belgigacha yuqorida keltirilgan erituvchi bilan yetkaziladi, aralashtiriladi va teshigining 
diametri 0,45 mkm bo’lgan “Millipor” filtrida filtrlanadi, boshlang’ich 10-15 ml filtrat tashlab 
yuboriladi. 
50 mkl miqdordagi tekshiriluvchi eritma va simvastatin ISN eritmasini UB – detektorli 
yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida 150 x 3.9 mm o’lchamli Waters LC 1 Plus sorbenti 
to’ldirilgan Nova-Pak C18 60 A kolonkasida, har bir eritmadan 3 tadan kam bo’lmagan miqdordagi 
xromatogramma 
olinmaguncha 
quyida 
ko’rsatilgan 
sharoitda 
navbatma 
navbat 
xromatografiyalanadi: 
- harakatlanuvchi faza – 50 qism atsetonitril va 50 qism suyultirilgan fosfat kislotasi (1:1000), 
istalgan qulay usulda degazatsiyalangan; 
- oqim tezligi – 3 ml/daq; 
- detektirlash – 238 nm; 
- kolonka harorati – xona harorati. 
1 ta tabletka tarkibidagi simvastatinning mg miqdori (X) quyidagi formula yordamida 
topiladi: 
S
0
– standart namuna xromatogrammasidan olingan simvastatin ISN eritmasi hosil qilgan 
cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati; 
S
1
– tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha 
qiymati; 
a
st
– simvastatin ISN miqdori, mg; 


179 
a – tortib olingan preparat miqdori, mg; 
b – tabletkaning o’rtacha miqdori, mg; 
P – standart namunasidagi simvastatinning foiz miqdori. 
1 ta tabletkaning o’rtacha og’irligiga ko’ra, simvastatin miqdori 9,0 dan 11,0 mg gacha 
bo’lishi kerak.
Ilova:
simvastatin ISN eritmasini tayyorlash
. 60,0 mg (a.t.) simvastatin (Yevr. F. 2003, 
AQSH 26) va 0,9 mg (a.t.) lovastatin (Yevr.F 2003) olib hajmi 200 ml bo’lgan o’lchiv kolbasiga 
solinadi, natriy gidrofosfatning atsetonitrildagi eritmasidan 100 ml qo’shiladi, 10 daqiqa davomida 
ultratovushli vannada eritiladi, keltirilgan erituvchi bilan eritma hajmi belgilangan miqdorga 
yetkaziladi. 
Natriy gidrofosfatning atsetonitrildagi eritmasini tayyorlash. 
Atsetonitril va 0,01 mol/l natriy 
gidrofosfatning (60:40) aralashmasini “moviy tasma” filtri yordamida filtrlanadi va pH fosfat 
kislotasi bilan 4,0 ga keltiriladi. 
Askorbin kislotasi.
10 ta tabletkani hajmi 250 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 25 ml 
1,0% li shavel kislotasi va 200 ml astetonitrildagi atsetat buferidan qo’shiladi, to’liq 
dispergirlanguncha chayqatiladi, ultratovushli vannaga solinadi, hajmi atsetat buferini atsetonitrildagi 
eritmasi bilan belgigacha yetkaziladi, aralahstiriladi, teshigining diametri 0,45 mkm ga teng bo’lgan 
“Millipor” filtri yordamida filtrlanadi, boshlang’ich 10-15 ml filtrat tashlab yuboriladi. 
50 mkl miqdordagi tekshiriluvchi eritma va simvastatin ISN eritmasini UB – detektorli 
yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida 150 x 3.9 mm o’lchamli Waters LC 1 Plus sorbenti 
to’ldirilgan Nova-Pak C18 60 A kolonkasida, har bir eritmadan 3 tadan kam bo’lmagan miqdordagi 
xromatogramma 
olinmaguncha 
quyida 
ko’rsatilgan 
sharoitda 
navbatma 
navbat 
xromatografiyalanadi: 
- harakatlanuvchi faza – 90 qism atsetonitril va 10 qism 0,025 mol/l fosfat kislotasining 
aralashmasi, istalgan qulay usul yordamida degazatsiyalangan; 
- oqim tezligi – 1,5 ml/daq; 
- detektirlash – 246 nm; 
- kolonka harorati – xona harorati. 
1 ta tabletkadagi askorbin kislotasining mg miqdori (X) quyidagi formula yordamida topiladi: 
S
0
– standart namuna xromatogrammasidan olingan askorbin kislotasi ISN hosil qilgan 
cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati; 
S
1
– tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha 
qiymati; 
a
st
– tortib olingan askorbin kislotasi ISN miqdori, mg; 
a – tortib olingan preparat miqdori, mg; 
b – tabletkaning o’rtacha miqdori, mg. 
Ilova.
0,025 mol/l fosfat kislotasini tayyorlash.
1,65 ml 85% li fosfat kislotasiga 1000 ml suv 
qo’shiladi. 
Atsetat buferining atsetonitrildagi eritmasini tayyorlash. 
Atsetonitril va pH 4,0 bo’lgan 
atsetat buferini 80:20 nisbatda aralashtiriladi. 
pH 4,0 bo’lgan atsetat buferini tayyorlash.
250 ml hajmli o’lchov kolbasiga 200 ml suv, 0,75 
ml sirka kislotasi solinadi. pH 4,0 bo’lguncha NaOH ning 20% li eritmasi qo’shiladi. Eritma hajmi 
kolba belgisigacha suv bilan yetkaziladi. 
Oksalat kislotasining 1,0% li eritmasini tayyorlash.
1 g oksalat kislotasini hajmi 100 ml 
bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va oz miqdordagi suv bilan eritiladi. Eritma hajmi kolba 
belgisigacha suv bilan yetkaziladi.
Askorbin kislotasi ISN eritmasini tayyorlash.
25 mg (aniq tortma) (Yevr.F.2003) askorbin 
kislotasini hajmi 250 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 25 ml 1% li oksalat kislotasida eritiliadi, 


180 
200 ml atsetat buferining atsetonitrildagi eritmasi qo’shiladi, aralashtiriladi, eritma hajmi kolba 
belgisigacha huddi shu erituvchi bilan yetkaziladi.

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish