164
Tabletkalarning og‘irlikdagi farqlarini aniqlash uchun 20 ta tabletkani birgalikda 0,001 g
aniqlikda tortib, o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi. So‘ng xar bir tabletka
shu aniqlikda alohida tortilib,
o‘rtacha og‘irlikdan farqi, foiz miqdorda topiladi.
0,1 g gacha bo‘lgan tabletkalar uchun bu farq +10% , 0,1-0,3 g - +7,5%, 0,3 g va undan
yuqorilari uchun +5% ni tashkil etishi kerak. Obakilash
usuli yordamida olingan, alohida qobiqli
tabletkalarning massasi, o‘rtacha massadan farqi +15% dan oshmasligi kerak.
Faqat 2 ta tabletkagina ko‘rsatilgan chegaralardan oshuvchi,
biroq ikki martadan ko‘proq oshmaydigan chetlanishga ega bo‘lishi
kerak.
4-laboratoriya ishi
Berilgan tabletkalarning qattiqligini aniqlang.
Tabletkalar
qadoqlash jarayonida, tashish va saqlash
davomida mexanik ta’sirlarga etarli
darajadagi qattiqlikka ega
bo‘lishi kerak. Tabletkalarning qattiqligi ikki xil ko‘rsatkich -
ishqalanishga va sinishga bo‘lgan qattiqliklar bo‘yicha aniqlanadi.
Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi xar xil
ko‘rinishdagi asboblar yordamida aniqlanadi.
XI DF ga binoan
tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi do‘mbirali ishqalagich asbobida aniqlanadi.
Asbob qopqog‘i ochiladigan, diametri 200 mm bo‘lgan, ichki devorlariga 20
0
burchak
ostida 12 ta kurakcha joylashtirilgan do‘mbira, soatli mexanizm va do‘mbirani daqiqasiga 20 marta
aylanishini ta’minlovchi elektr yurgichdan iborat.
Tekshirish uchun 10 dona tabletka 0,001
g aniqlikda tortib olinib, do‘mbiraga solinadi. Qopqog‘i
yopilgach, 5 daqiqa elektr tarmog‘iga ulanadi. Belgilangan vaqt o‘tgach tabletkalar changdan
tozalanadi va ularning massasi 0,001 g aniqlikda tortiladi. So‘ngra
tabletkaning ishqalanishga
bo‘lgan qattiqligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
%,
100
*
б
к
Р
Р
П
bunda P – tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi, %;
R
b
– tabletkalarning tekshirishdan oldingi og‘irligi, g;
R
k
- tabletkalarning tekshirishdan keyingi og‘irligi, g.
Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni
ishqalanuvchanligi 3% dan oshmasligi kerak.
Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligi kg yoki N da ifodalanadi, biroq bu ko‘rsatkich
tabletkanig sifatini xar doim aniq belgilay olmaydi. Masalan,
amidopirin, sut qandi, terpingidrat,
papazol tabletkalarida bu ko‘rsatkich 20-40 N bo‘lishiga qaramay, chetlari tez uqalanuvchan bo‘ladi.
Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligini aniqlash uchun xar xil asboblar mavjud. Bu
asboblarning asosiy ishchi qismi pastki va yuqorigi puansonlar bo‘lib,
tabletka ular orasiga
joylashtiriladi va ezilib maydalanguncha kuch beriladi.
Taklif etilgan tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligi Toshkent famatsevtika instituti Dori
vositalarini standartlash Ilmiy Markazida majud bo‘lgan «ERWEKA» firmasining «TVN-30»
rusumli asbobida aniqlandi. Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqlik me’yori, qattiqlik ko‘rsatkichi
orqali ifodalanib, u quyidagi tenglamani qoniqtirishi kerak:
1
,
0
06
,
0
h
Д
Р
К
,
bunda
K – qattiqlik ko‘rsatkichi;
R – sindirish uchun sarflangan kuch, kg;
D – tabletka diametri, mm;
h – tabletka balandligi, mm.