Dori vositalarining sanoat texnologiyasi



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Eritmaning rangliligi. 
Preparatning inyeksiya uchun suvdagi 10% li eritmasining 430±1nm 
to’lqin uzunligida va 10mm qalinlikdagi suyuqlik qatlamida o’lchangan optik zichligi 0,6 dan 
oshmasligi kerak. 
Nisbiy yutish ko’rsatkichi. 
20,0 mg preparat namunasini hajmi 100 ml bo’lgan kolbaga 
solinadi, inyeksiya uchun suvda eritiladi va huddi shu erituvchi bilan hajm kolba belgisigacha
yetkaziladi. Hosil bo’llgan eritmaning 10 ml ni hajmi 100 ml bo’lgan kolbaga o’tkaziladi va suv 
bilan belgisigacha yetkaziladi. Quruq moddaga nisbatan hisoblanganda 235 nm to’lqin uzunligidagi 
nisbiy yutish ko’rsatkichi 360 dan 390 gacha bo’lishi kerak. 
pH. 
4,5 dan 6,5 gacha. Aniqlash uchun preparatni inyeksiya uchun suvdagi 10% li 
eritmasidan foydalaniladi. 
Mexanik aralashmalar. 
Preparat AQSH F. da ko’rsatilgan talabga javob berishi kerak, unga 
ko’ra kichik hajmli inyeksiyalar uchun elektronometrik usulda aniqlanganda - 1 ta flakondagi 
o’lchamlari ≥10 mkm bo’lgan zarrachalar miqdori 6000 tadan, ≥25 mkm bo’lgan zarrachalar miqdori 
600 tadan oshmasligi kerak. 
Nazorat uchun yorug’lik blokirovkasi usuliga asosan ishlovchi va namunani uzatib beruvchi 
qismi mavjud bo’lgan, avtomatik holda zarrachalar miqdori va o’lchamini aniqlab beruvchi 
qurilmadan foydalaniladi.
Nazoratni mexanik aralashmalar tushib qolish holati oldini oladigan va laminar havo oqimi 
mavjud bo’lgan sharoitlarda olib boriladi.
Qurilma tozaligi va suv tozaligi sifatiga ishonch hosil qilish uchun keyingi tekshirishlarni 
amalga oshiriladi. 
Mexanik aralashmalar borligini 5 ta namunada, har biri 5 ml dan bo’lgan, zarrachalardan holi 
bo’lgan suvda o’tkaziladi. Agar beshta namuna birlashtirilishidan hosil bo’lgan 25 ml namunada 10 
mkm li zarrachalar soni 25 tadan oshib ketsa, suv va qurilmani nazoratni o’tkazishga yaroqli 


158 
bo’lgunlariga qadar qayta ishlovdan o’tkazadilar. 
Har bir ishlov berilgan namunali flakonlarga dori moddasi to’liq erib ketadigan miqdordagi 
suv quyiladi va tiqin bilan berkitiladi. Dori moddasi chayqatish davomida to’liq erib ketishi kerak.
Havo pufakchalari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Havo pufakchalari hosil bo’lsa 
ularni yo’qotish uchun eritmani 2 daqiqa davomida tindirib qo’yiladi. 
Har birining miqdori 5 ml dan kam bo’lmagan 4 ta namuna olinadi, ruxsat etilgan miqdorga 
teng va undan oshib ketgan zarrachalar miqdori va o’lchamlari aniqlanadi. Birinchi namuna 
natijasini chiqarib yuborgan holda, tekshiriluvchi moddadagi zarrachalarning o’rtacha miqdorini 
hisoblanadi. 
Nisbiy burish. Preparatning inyeksiya uchun suvdagi 1% li eritmasini quruq modda bo’yicha 
hisoblanganda +58º dan +64º gacha bo’ladi. 
O’xshash aralashmalar. Tekshiruv “Miqdoriy tahlil” bo’limida ko’rsatilgan sharoitda, YSSX 
usulida aniqlaniladi. 
Yakka holdagi aralashmalar miqdori 1,0% gacha; 
Aralashmalar yig’indisi 3% dan oshmasligi kerak. 
Quritishda yo’qotilgan massa. 3% dan oshmasligi kerak. Tekshiruv 1,0 g (aniq tortma) 
preparatda, flakonni 3 soat davomida 100-105ºC haroratda quritib aniqlanadi. 
Qoldiq organik erituvchilar. 
N,N – dimetilanilin. N,N – dimetilanilinning miqdori 0,002% dan oshmasligi kerak. 
Tekshirish gaz xromatografiyasi usulida olib boriladi. Xromatografiya sharoiti: 
Kolonka – shisha yoki zanglamaydigan po’latdan, uzunligi 2m x 2 mm, xromasorb-GMDC 
dagi 10% li OV-17 bilan to’ldirilgan; 
Kolonka harorati – 110ºC; 
Bug’latkich harorati – 170ºC; 
Tashuvchi gaz – azot; 
Oqim tezligi – 30ml/min; 
Detektor – ionizatsiyalangan alanga; 
Kirish oqimi – 1 mkl. 
1 ml tekshiriluvchi eritmaga 1 ml ichki standart eritmasi qo’shiladi, 1 minut davomida 
chayqatiladi va pastki organik qatlam xromatografiyalanadi.
N,N-dimetilanilin miqdori ushbu formula yordamida hisoblab topiladi: 
bu yerda 
0,956 - N,N-dimetilanilin zichligi, g/sm
3

5 - 20% li eritmadan quruq moddaga o’tkazish koeffitsiyenti; 
C - ichki standart eritmasidagi nitrobenzol konsentratsiyasi, %; 
K – to’g’rilash koeffitsiyenti; 
A
d
– N,N-dimetilanilin cho’qqisi maydoni; 
A

– nitrobenzol cho’qqisi maydoni; 
a – namuna miqdori, 20% li eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan namunaning nazariy 
miqdori, g; 
b – tekshiriluvchi namuna miqdori, g. 
To’g’rilash koeffitsiyentini topish: 
1 ml namuna eritmasiga 1 ml ichki standart eritmasi qo’shiladi, 1 daqiqa davomida 
chayqatiladi, qatlamlarga ajralgandan so’ng pastki organik qatlam xromatografiyalanadi. To’g’rilash 
koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida topiladi: 


159 
bu yerda 
C

– N,N-dimetilanilinni standart eritmadagi konsentratsiyasi; 
C
n
– nitrobenzolning ichki standart eritmasidagi konsentratsiyasi; 
A
d
– N,N-dimetilanilin cho’qqisi maydoni; 
A

– nitrobenzol cho’qqisi maydoni. 
Ilova. 1. Ichki standart eritmasini tayyorlash. 100 mg nitrobenzolni 100 ml hajmli o’lchov 
kolbasiga solinadi va belgisigacha xloroform bilan yetkazib, eritiladi. Tayyorlangan eritmadan 1,0 ml 
olinadi va hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinib, belgisigacha xloroform bilan yetkaziladi 
(eritma konsentratsiyasi 0,001%). 
2. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash. 4,0 g atrofida (aniq tortim) olingan moddani hajmi 25 
ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinib, 1M li natriy gidroksid eritmasi bilan belgisigacha yetkaziladi 
(eritma konsentratsiyasi 16,0%). 
3. Standart namuna eritmasini tayyorlash. 100 mg N,N – dimetilanilinni hajmi 100 ml 
bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va ustiga 1M li natriy gidroksib solib belgisigacha yetkaziladi. 
Hosil bo’lgan eritmadan 1,0 ml olib hajmi 100 ml li o’chov kolbasiga solinadi va 1M li natriy 
gidroksid eritmasi bilan belgisiga yetkaziladi (eritma konsentratsiyasi 0,001%). 
Metilen xloridi. Metilen xloridi miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Tekshirish gaz 
xromatografiyasi usulida olib boriladi. Xromatografiya sharoiti: 
Kolonka – zanglamaydigan po’latdan, uzunligi 2m x 3 mm, AW yoki analogik 
xromasorbidagi 10% li PEG-400 (polietilenglikol) bilan to’ldirilgan; 
Kolonka harorati – 110ºC; 
Bug’latkich harorati – 170ºC; 
Tashuvchi gaz – azot; 
Oqim tezligi – 40ml/min; 
Detektor – ionizatsiyalangan alanga; 
Kirish oqimi – 1 mkl. 
6 tadan kam bo’lmagan miqdordagi xromatogramma olinmaguncha tekshiriluvchi eritma va 
standart namuna eritmasi navbatma-navbat xromatografiyalanadi.
Preparatdagi metilen xloridning foizlardagi miqdori (X) quyidagi formula yordamida 
topiladi: 
bu yerda
10 – 10% li eritmani quruq namunaga o’tkazish koeffitsiyenti; 
C – standart namunalardagi tegishli erituvchining konsentratsiyasi; 
S
std
– standart namuna eritmasidagi metil xloridning hosil qilgan cho’qqisi maydonining 
o’rtacha qiymati; 
S
isp
– tekshiriluvchi eritma tarkibidagi metil xloridning hosil qilgan cho’qqisi maydonining 
o’rtacha qiymati; 
a – 10% li eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan namunaning nazariy miqdori, g; 
b – tekshiriluvchi namuna miqdori, g; 
1,336 – metilen xloridning zichligi. 
Ilova: 1. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash. 2,5 g atrofidagi (aniq tortma) preparatni 25 ml 
hajmli o’lchov kolbasiga solinadi va tozalangan suv bilan belgisigacha yetkazilib, eritiladi 
(konsentratsiyasi 10,0%). 
2. Standart namuna eritmasini tayyorlash. 200 mg atrofidagi (aniq tortma) metilen xloridini 
hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va tozalangan suv bilan belgisigacha yetkaziladi. 
Tayyor;angan eritmadan 5,0 ml olib hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va tozalangan 
suv bilan belgisigacha yetkaziladi (eritmadagi metilen xloridning konsentratsiyasi 0,02%). 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish