II. Adabiyotlar sharhi
2.1. Suyuq dori turlari ta'rifi, tasnifi
Suyuq dori shakllari - bu ta'sir qiluvchi moddani ya’ni dorivor moddani suvda spirtda yog’da va boshqa erituvchilarda eritish yoki aralashtirish, shuningdek, o’simlik xomashyosidan ta'sir etuvchi moddani ajratish yo’li bilan olinadigan dori shakli.
Ishlatilishiga ko’ra suyuq dori shakllari:
1) ichish uchun qo’llaniladigan;
2) sirtga qo’llash uchun ishlatiladigan;
3) ineksiya uchun ishlatiladigan deb tasniflanadi.
Ichish uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari miksturalar deb yuritiladi. Mixturae lotincha aralashtirish ma’nosini anglatadi. Miksturalarning dispers muhiti faqat suv bo’ladi. Ular qoshiqlab ichiladi. Osh qoshiq 15 ml, desert qoshig’i 10 ml, 1 choy qoshiq 5 ml bo’ladi.
Sirtga qo’llash uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari ham xilma-xil bo’ladi, masalan: yuvish uchun ishlatiladigan, kompress uchun, chayqash uchun, klizma uchun, burun, quloq tomchilari va hokazolar. Bunda erituvchi sifatida suvdan tashqari etanol, glitserin, moy va boshqa suyuqliklar ishlatiladi.
Erituvchisi tabiatiga ko‘ra suyuq dori shakllari suvli va suvsiz eritmalarga bo‘linadi.
Suyuq dori shakllari erkin dispers tizim bolib, bunda dori moddalari suyuq dispers muhitda tarqalgan boladi. Dorivor moddalar 3 xil agregat holatda bo’lishi mumkin. Bular: qattiq, suyuq va gazsimon.
Suyuq dori shakllari dispers fazaning maydalik darajasi hamda dispers muhit bilan bog’lanish jihatiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1. Chin eritmalar.
2. Yuqori molekulali birikmalarning (YuMB) eritmalari.
3. Kolloid eritmalar.
4. Suspenziyalar.
5. Emulsiyalar.
6. Aralash tipdagi suyuqliklar.
Erituvchi yoki suyuq fazaning turi va xarakteriga ko’ra ham suyuq dori shakllari turlicha tasniflanadi.
Chin eritmalar 2 xil turda bolishi mumkin:
1) ion dispers sistemalar;
2) molekulyar dispers sistemalar.
Birinchi turdagi eritmalarda dori moddalar ion holida erituvchida tarqalsa, ikkinchi turdagi eritmalarda molekula holida tarqalgan boladi. Chin eritmalar tarkibidagi dori moddalarning o'lchami, maydaligi jihatdan bu turdagi eritmalar ion yoki molekula holida bo'lgani uchun molekular dispersiyadagi yoki ion dispersiyadagi sistemalar deb yuritiladi va ulaming eritma tarkibidagi zarrachalari kattaligi 1 nm dan oshmaydi. Bu eritmalarga: elektrolit bo'imagan dori moddalar (masalan, glukoza, shakar, spirt) kiradi. Eritilgan mahsulot alohida kinetik energiyaga ega bo'lgan molekula holida ajraladi. Bir-biri bilan birlashgan agregat zarrachalar tarkibidagi molekula soni 2-3 molekuladan iborat va undan oshmaydi. Ion dispersiyasidagi sistemalarda esa zarracha o'lchami 0,1 nm dan oshmaydi. Bu sistemaga elektrolit xossadagi dori moddalar (natriy xlorid, magniy sulfat, kaliy bromid, kalsiy xlorid va boshq) kiradi. Erigan modda zarrachalari alohida ajralgan ion va ma'lum bir aniqlangan qismi molekula holida bo'ladi. Chin eritmalarni elektron mikroskop yoki ultramikroskopda qaralganda ham bir tusli (gomogen) holda ko'rinadi. Ularning zarrachalari oddiy tiltrda ham, mikrotiltrda ham ajralmaydi. Chin eritmalar oson diffuziyalanadi. Chin eritmalar suyuq dori shakllarining eng katta guruhini tashkil qiladi. Dori shakl sifatida u quyidagi afzalliklarga ega:
1. Eritma tarkibida erigan dori modda boshqa dori shakllari (kukun dori, tabletka, xab dori, shamcha) tarkibidagi dori moddalarga nisbatan yuqori biologik ta'sirga ega, chunki u organizrnga tez va to'la so'riladi, ta'siri esa shu sababli tez va kuchli bo'ladi.
2. Eritma tarkibida dori moddaning salbiy ta'siri (achitish, kuydirish kabi) keskin kamayadi va yo'qoladi, vaholanki kukun hoIidagi kaliy, ammoniy brom yoki yod tuzlari bunday xossaga ega.
3. Eritma holidagi dori iste'moli oson va qulay. 4. Eritma holidagi dori shaklini tayyorlash oson.
Eritma holidagi dori kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, yomon saqlanadi, tashish qiyinlashadi.
Molekula og'irliklari bir necha ming, million va undan ortiq bo'lgan birikmalar yuqori molekulali birikmalar (YUMB) deb yuritiladi. Bunday birikmalarning molekula og'irligi nihoyatda katta bo'lib, yuzlab va minglab atomlar birikmasidan tashkil topgan. Molekula o'1chami kattaligi YUMB eritmalarining diffuziyalanishini qiyinlashtiradi. Shu sababli bunday molekulalar yarimo'tkazuvchi membranalardan o'tmaydi. YUMB eritmalari kolloid eritmalarga o'xshaydi, ammo bu o'xshashlik bilan ikkala eritma xususiyati bir xii deb bo'lmaydi. Molekulalarining ulkanligi YUMB xossalarining o'ziga xos xususiyatlarini belgiIaydi. YUMB erituvchida chin eritma tartibida tarqaladi, ular molekulalarining ulkan bo'lishidan qat'i nazar, ipsimon ko'rinishdaligi ultramikroskop ostida ham ko'rinmaydi. Bunday eritmalaming yorug'lik nurini bukish xususiyati borligi esa eritma tusini loyqalashtirib ko'rinishi yoki opalessensiya hodisasini namoyon etishiga sabab bo'ladi.
Kolloid eritmalar - solutiones colloidalae. Kolloid grekcha so'z bo'lib, uning asosida kley, yelim, o'xshash bo'lib, "eidos" yotadi. Har bir kolloid zarracha nihoyatda kichik muallaq ultrageterogen 1 nm dan - 100 nm gacha (0,1 mkm) kattalikdagi zarrachadan iborat. Kolloid eritma kuritilib, yana suv solinsa kolloid eritma hosil bo'imaydi. Zarracha ultramikroskopda ko'rinadi. Yorug'lik nuri zarrachadan egiladi, shuning uchun nurga qaratilgan eritma opalessensiya hodisasini aks ettiradi. Oddiy filtrda (4-120 mkm) filtrlash mumkin, ammo chin eritmalarga nisbatan osmotik bosimi juda kam. Kolloid eritmalar turg'un emas (tez eskiradi), shuning uchun ular farmatsevtika amaliyotida ko'p qo'llanilmaydi. Farmatsevtika amaliyotida hozircha muhofazalangan kolloidlar qo'llaniladi. Muhofaza masalasi amalda kolloid zarracha, maydalangan gidrofll moddalarni shu xossadagi YUMB bilan o'ralib, muhofazalash natijasida olinadigan zarrachalar deyiladi. Bular asosan sirt-faol moddalar (SFM) bilan muhofazalanib, zarrachaning sirt faolligini susaytirish bilan birga uni eritishdagi agregativ turg'unligini ta'minlaydi.
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo'lib, qattiq dispersfaza va suyuq dispers muhitdan iborat. Qattiq moddalarning suspenziyadagi zarraehalar kattaligi 0,1 dan - 1 mkm gaeha, qo'pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko'pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo'lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashkil topadi. Suspenziya hosil bo'lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo'lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o'zgartirishi mumkin bo'lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo'ladi.
Suspenziya lotincha dispergeren- tarqalmoq so'zidan olingan bo'lib, qattiq faza zarrachalari dispers muhitda osilma holida tarqalgan bo'ladi.
1. Dispers faza dispers muhitda erimasa. 2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo'lsa.
3. Ikki xil tabiatli erituvchining qo'shilishidan moddaning eruvchanligi yomonlashsa (Zarracha yiriklashi kuzatilada).
4. Eritmada erigan moddalaming kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo'ljallangan dori moddalar bo'lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko'p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo'lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezroq so'riladi va samarali davolash xususiyati bo'ladi.
Ichish uchun ishlatiladigan emulsiyalar emulsium ad usum internum.
Emulsiyalar - dispers faza va dispersion muhitdan tashkil topgan mikrogeterogen sistema bo'lib, bir-birida juda kam yoki mutlaqo erimaydigan suyuqIiklar aralashmasiga aytiladi. Emulsiyalar dag'al disperslangan (tomchilarning diametri 1 dan 50 mkm gacha) yoki mayda disperslangan (zarrachalar diametri 0,1 mkm) sistemadir.
Amaliyotda ko'proq qo'llaniladigan emulsiyalar suv bilan yog' aralashmasidan tayyorlanadi. Bunda “ yog' ” shartli tushuncha bo'lib, bu faza yog'simon moddalardan va mineral yog'lardan hamda kimyoviy jihatdan esa na yog'lar va na mineral yog'lar bilan hech bir umumiylikka ega bo'lmasligi mumkin (xloroform, benzol va shunga o'xshash polar bo'lmagan suyuqliklardan hosH bo'lishi mumkin). Shunga o'xshash suyuqliklar emulsiyalarning ikki turini hosil qiladi
Emulsiyalarning turi va nomi: 1) Yog' - suv. Moyning suvdagi emulsiyasi (m/s)- emulsiyaning birinchi turi yoki to'g'ri emulsiya 2) Suv - moy. Suvning moydagi emulsiyasi (s/m) - suy yog' emulsiyasining ikkinchi turi yoki teskari emulsiyalar.
Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emuIsiyalar ichish uchlln ham, sirtga ishlatish uchun ham va hatto inyeksiya tarzida ishlatishga ham tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi boshqa dori shakIIarida ham ko'proq uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori turida tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog'liq bo'limlarda to'la yoritiladi. Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo'sh sathi ortadi, maydalanish darajasi ko'paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to'qimalari va suyuqliklariga tekkan moddaning sathi qanchalik katta bo'lsa, bularning o'zaro ta'siri shunchalik kuchlidir. Shunday qilib, preparatning qimmati ko'p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, ko'proq disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, bo'linmagan moddadagiga qaraganda faolroq ravishda boradi. Shuning uchun emulsiya holatida turgan yog'lar emulgirlanmagan yog'larga qaraganda me'da-ichak yo'lining fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezroq duchor bo'ladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bunda yog'ning bemaza ta'mi yo'qoladi, yog'larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlaming ta'sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo'lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar farmakoterapiyasida katta ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko'rsatkichi kuchli bo'lganligisababli, ko'rinishjihatdan sutni eslatadi. Shunga ko'ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish sababi quyidagicha: lotincha so'z emulgere -sog'ish, bundan emulsio, emulsiones - sog'ilayotgan, emulsum, emulsa - sog'ilgan. Oxirgi termin nomi aniqroq belgilangan. Emulsiya - qadimgi dori shakli bo'lib, 1-Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |