Lanolin
(Lanolinum). Spirtlar, erkin yog’ kislotalari va efirlarning murakkab tabiiy
aralashmalaridir. Lanolin sovunlanishi natijasida taxminan teng miqdorda kislota va spirtlar hosil
bo’ladi. Sovunlanmaydigan qismi 50% ga yakin miqdorni tashqil qiladi. Lanolin tarkibida
saqlanadigan moddalarning umumiy soni 70 dan oshadi. Tozalangan lanolin — o’ziga xos hidli,
erish haroarti 36-42S suvda erimaydi va shu sababli surtmaga uxshash konsistensiyasini
yukotmay 150% gacha suvni yutib u bilan aralashadi. Ayni shu xossasiga asoslanib surtmalar
tayyorlashda suvsiz lanolin (Lanolinum anhydricum) ishlatib surtma tarkibiga suvli suyuqliklar
kiritilishi mumkin. Xaqiqiy suvsiz lanolin tarkibida suvning miqdori 1% dan oshmasligi
kerak,kislota soni 1 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Lanolin spirtda kiyin eriydi. Lekin 40
qismgacha 70% spirtni qabul qilishi mumkin. Xloroform va efirda oson eriydi. Lanolin tarkibi
buyicha odam terisini koplab turuvchi yog’ga uxshash moddalarga yakin bo’lganligi uchun
teriga yakin surtiladi. Teri va shilliq pardani qitiqlamaydi. Kimyoviy ta’sirlarga juda chidamli.
Uta yopishqoqligi uchun u har doim boshqa asoslar bilan birga ishlatiladi. Agar shifokor
tomonidan lanolin yozilgan bo’lsa suvli lanolin ishlatiladi. U 7 qism suvsiz lanolinga 3 qism suv
qo’shib tayyorlanadi. Suvni oz-ozdan qo’shiladi. Suvli lanolinda suvning miqdori 30% ni tashqil
etadi. Suv hammomida suvli lanolinni eritilsa emulsiya parchalanadi.
Spermatset
(Cetaceum) ushlab kurganda yog’li, qattiq, ok, plastinkasimon tuzilgan, hidsiz
massa. Suyuqlanish harorati 45-54
0
S. Tarkibi buyicha setil spirti (S
16
N
33
ON) va palmitin
kislotaning murakkab efiridir. Surtma asosiga qo’shilgan spermatset unga yuqori zichlik,
sirpanuvchanlik va suvli suyuqliklarni o’ziga singdirib dagal emulsiya hosil qiladi. SHuning
uchun qoldkremlar tarkibiga ko’p yoziladi. Kogozga surtilganda yog’li dog qoldirmaydi, kislota
soni 2 dan oshmaydi. Spermatset suvda ham, sovuq spirtda ham erimaydi. 95% li kaynok spirtda,
efirda va xloroformda eriydi.
Mum
(Cera). Asalari mumi — tuk sarik (Cera flava). 65
0
S haroratda suyuqlanadi. Ok
mum sarik mumni kuyosh yorugligida okartirib olinadi. Sarik mumning kislota soni 17-20,5 dan
oshmaydi. Ok mumniki 18,7-22,4 dan oshmaydi. Suv va spirtda erimaydi. Kaynok spirtda, efir,
xloroform, efir moylarida qisman eriydi. Surtmaga qattiqlik berish, suvli suyuqliklarning
shimilishini yaxshilash va yopishqoqlik berish uchun ishlatiladi. Kimyoviy ta’sirga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: