Dori shakllarining nomenklaturasi.
Dori shakllari nomenklaturasining tuzilishida umumiy sistema mavjud emas. Qadimda dori shakllarining nomlari ularning tarkibidagi dori moddalari, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra berilgan. Shu sababli, umumiy tashqi ko‘rinishi yoki bir xil texnologik operatsiyalardan (eritish, tindirish, qaynatish, sterilizatsiya) iborat bo‘lgan ba‘zi dori shakllari bir xil nom bilan atala boshlandi. Masalan: o‘simlik xom ashyosidan olingan ajratmalarni qaysi usulda olinishiga qarab, damlama yoki qaynatma deb nomlangan. Ammo usulni ham ratsional deb bo‘lmaydi, sabab damlama va qaynatmalar tugallanmagan dori shakllari hisoblanadi.
Dori shakllarini organizmga yuborish va qabul qilish yo‘llari bo‘yicha nomlanishi aniqroq va asoslangan nomenklatura deb qabul qilinadi. Ushbu nomenklaturaga ko‘ra:
• Тeri ustiga mo‘ljallangan kukunlar – sepmalar
• Ichga qabul qilinadigan eritmalar – suyuq dori shakllari
• Qoshiq bilan ichiladigan eritmalar – miksturalar
• Dozalarga bo‘lingan tomchilar (yuborish yo‘liga qarab) – ko‘z, quloq va burun tomchilariga bo‘linadi.
• Namlash, chayish va purkash, klizma uchun ham – suyuq dori shakllari deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |