Don omborlari hajmini aniqlash. Kelayotgan urug’larni yaxshi saqlash uchun hajmi yetarli, mexanizmlar va faol shamollatish omborlar ajratiladi. Donlarni saqlash uchun omborlar hajmi xirmonlarni o’lchash bilan aniqlanadi. Shuningdek, urug’larni idishda saqlash va omborni ichida navlarga ajratish, sovutish va boshqa ishlarni bajarish hamda maydonini inobatga olishi zarur. Omborxona hajmini aniqlash ma’lumotlarini yozish shakli quyidagicha (6-jadval).
6-jadval
Don omborlari hajmini aniqlash
№
|
Xirmon
|
Idishlarda saqlash uchun mo’ljallangan maydon
|
Zahiradagi maydon, m2
|
uzunligi, m
|
eni,
m
|
balandligi, m
|
maydoni m2
|
|
|
|
|
|
|
|
Omborxona hajmini aniqlash uchun urug’larni 1 m3 joyga ketadigan og’irlik birligini, xirmondagi uyumlar balandligini, tokchalarga qoplarni joylashtirish bilandligini bilish zarur. Xirmonlarda saqlanayotgan 1 m3 dagi urug’ og’irligi, uyumning balandligi hamda qoplarni tokchalarga joylashtirish balandligi 7 va 8-jadvallarda keltirilgan.
7-jadval
1 m3 hajmdagi urug’larning namunaviy og’irligi
Ekinlar
|
1 m3 dagi og’irligi (kg)
|
Ekinlar
|
1 m3 dagi og’irligi (kg)
|
Bug’doy
|
730-850
|
Grechixa
|
560-650
|
Javdar
|
670-750
|
Suli
|
400-550
|
Makkajo’xori
|
680:820
|
Tariq
|
670-730
|
Arpa
|
580-700
|
Kungaboqar
|
275-450
|
No’xat
|
750-850
|
Zig’ir
|
580-680
|
Loviya
|
700-800
|
Xashaki lyupin
|
730-800
|
Ayrim o’simlik urug’larini xirmonlarda uyum usulida saqlashda omborxona maydoniga bo’ladigan talab quyidagi shaklda yoziladi:
8-jadval
Ekin turiga ko’ra ombor maydoniga talabni aniqlash
Ekinlar
|
Nav
|
Urug’
to’plamining
og’irligi, s
|
Namlik, %
|
1m3 og’irligi, kg
|
Uyum balandligi, m
|
Omborxona maydoniga talab, m
|
|
|
|
|
|
|
|
Nam urug’lar faol shamollatish moslamalarini qo’llab saqlanadi. Yuqori namlikdagi urug’larni uyum balandligini 0,2 metrgacha balandlikda saqlash tavsiya etiladi. Faol shamollatish bilan jihozlangan omborxonalarda asosiy don urug’lari 2,0 metr qalinlikda saqlanadi. So’tali makkajo’xorining uyum balandligi (m) quyidagi balandlikdan oshmasligi kerak 9-jadval.
9-jadval
So’tali makkajo’xorining saqlashdagi uyum balandligi, va namlik meyyori
Sovuq mavsumda
|
Issiq mavsumda
|
Namlik, %
|
3,0
|
2,5
|
16
|
2.5
|
2
|
16-18
|
2
|
1.5
|
18-20
|
10-jadval
Xirmonlarda urug’ uyumi va tokchalarda qoplarni taxlash bo’yicha tavsiya etilgan balandliklar
Ekinlar
|
Urug’lar namligi foizdan oshmagan
|
Yil fasli
|
sovuq
|
iliq
|
uyum baland-ligi
|
tokchalardagi qoplar
qatorining soni
|
uyum baland-ligi
|
tokchalardagi qoplar
qatorining soni
|
Bug’doy, javdar, suli, arpa, grechi-xa, no’xat, xashaki dukkaklilar, loviya, yasmiq.
|
14
|
3,0
|
8
|
2,5
|
8
|
Suli, sholi, yer yong’oq, raps, soya
|
14
|
2,0
|
6
|
1,5
|
4
|
Kanop
|
13
|
1,0
|
7
|
1,0
|
5
|
Uzun tolali zig’ir
|
13
|
2,0
|
12
|
1,5
|
6
|
Yuqori moyli kungaboqar
|
7
|
1,0
|
5
|
1,0
|
4
|
Beda
|
-
|
-
|
5
|
-
|
4
|
Makkajo’xori korxonasidan olingan urug’
|
13
|
-
|
8
|
-
|
6
|
Qoplangan urug’larni joylashtirish va omborxona hajmini aniqlashda og’irlik, to’plamidagi qoplar soni tokchalarga joylashtirish usullari, tokchalar maydoni va ular oralig’idagi yo’laklarni hisobga olish zarur. Odatda standart qoplarni ko’ndalanggiga quyilganda 0,36 m2, qoplarni uchtalab taxlanganda esa 0,45 m2 may-donni egallaydi. Agarda bunga qoplar oralig’idagi 10 sm joylar qo’shimcha ikkitalab taxlanganda u paytda bir juft qop 0,82 m2 teng bo’lgan maydonni, qoplarni uchtalab taxlanganda 1,35 m2 maydonni egallaydi. Tokchalar oralig’i hamda omborxona devori bilan tokchalar orasidagi masofa 0,5 dan 1,0 metrgacha maydonni egallaydi.
Donlarni faol shamollatish. Faol shamollatish deganda don uyumlariga majburan sovuq yoki isitilgan havoni ventilyator yordamida yo’naltirish tushunladi. Faol shamollatish uyum haroratini pasaytirishda, donlar orasidagi havoni almashtirishda, donlar namligini pasaytirishda va uni gazasiya va degazasiya qilishda qo’llaniladi. Keyingi yillarda donlarni va dukkakli ekinlar urug’larini quritishda faol shamollatish moslamalari keng miqyosda qo’llanilmoqda. Omborxonalar, ochiq maydonlarda bostirmalarda saqlanayotgan donlarni faol shamollatishda quyidagi uchta qurilmalardan foydalaniladi: stasionar, ko’chma hamda satxdan ko’chirib turadigan asboblar. Donlarni faol shamollatish mas’uliyatli ish hisoblanib, uni bajarishda maxsus qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi. Donlar noto’g’ri shamollatilganda nam tortib qolish hollari uchraydi. Bunday holat don uyumlariga yo’naltirilayotgan issiq havoni harorati ortib borishi natijasida ro’y berishi mumkin. Shuning uchun faol shamollatish faqat donlar issiq havo yo’naltirilganda qizib ketmasa va namlik bo’lishi kuzatilmaganda qo’llansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zlashtirish uchun savollar:
1. Don omborlarining tuzilishini ta’riflab bering?
2. Qanday hajmda don omborlari bo’ladi?
3.Donlarni joylashtirishda qanday omilllarga etibor berish kerak?
13-laboratoriya mashg’uloti
Donni qayta ishlab un olishda tayyor mahsulot chiqishini hisoblash
Ishdan maqsad. Talabalarni un ishlab chiqarish korxonalarida tayyor mahsulotni chiqishini hisoblash ishlari bilan tanishtirish.
Kerakli jixoz va uskunalar: bazis konditsiyalar, adabiyotlar, kalkulyator, jadval.
Ishlash tartibi. Har xil don ekinlarini maydalash natijasida olinadigan mahsulotga un deyiladi. Asosan un bug‘doy donidan olinadi. Un ishlab chiqarish sanoati tomonidan bug‘doy unini 5 ta navi: krupchatka, oliy, birinchi, ikkinchi va oboy uni ishlab chiqariladi.
Unni asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib uni rangi, hidi, ta’mi, namligi, nrdonligi, quldorligi, boshqa aralashmalar tarkibi va yirikligi hisoblanadi.
Oliy navli unlar oq rangda sarg‘ish tusli bo‘ladi. Un saqlanish davrida uni rangi oqaradi. Bu jarayon un tarkibidagi bo‘yoq moddalarini kislorod ta’sirida kislotaliligini hisobiga sodir bo‘ladi.
Unni ta’mi ozgina shirinroq bo‘lib, agar ta’mi achchiq va nordon, mogor va zahlagan hidi bo‘lsa, unni buzilganligidan darak beradi. Unni saqlashda va boshqa mahsulotlar bilan birga olib yurilganda, u hidlarni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ega. Boshqa hil mavjudligi un tarkibida yod o‘simliklar: polыn, donnik, golovnya borligini ko‘rsatadi.
Unni namligi 15 % dan oshmasligini kerak. Yuqori namlikga ega bo‘lgan unni saqlashda oksidlanib buziladi.
Oliy va birinchi navli un uchun nordonlik 3 grad., ikkinchi navli un uchun 5 grad. dan oshmasligi kerak. Sakdashda nordonlik oshadi, ya’ni tarkibida eg‘lar gidrolizlanib, erkin yog‘ kislotalar hosil bo‘ladi va unning harorati ko‘tariladi.
Navli un uchun asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib kuldorlik hisoblanadi. Oliy navli un uchun kuldorlik 0,55 %, birinchi nav uchun 0,75 % dan oshmasligi kerak. Metallomagnit aralashma 1 kg un tarkibida 3 mg dan oshmasligi kerak. Un asosan 70 % atrofida kraxmaldan va 10-12 % oqsildan tarkib topgan. Shu sababli kleykovina miqdori oliy navda 28, birinchi navda 30, ikkinchi navda 25 dan kam bo‘lmay sifati ikkinchi guruxdan kam bo‘lmasligi kerak.
Tayyor mahsulotni bazis chiqishi va hisobli chiqish tushunchalari.
Mahsulotni chiqishini hisoblash uchun donni bazis sifat ko‘rsatkichlari, donni haqiqiy sifati, mahsulotni bazis chikishi va donni haqiqiy sifatini bazis sifatiga mos emasligini hisobga oluvchi chegirma va ustama normalarini bilish kerak bo‘ladi.
Donni sifatini bazis ko‘rsatkichlari quyidagichadir: namlik 14,5 %, kuldorlik (toza don uchun) 1,97 %, iflos aralashma 1 %, shu bilan birga mineral aralashma 0,1 %, zararli 0,1 % moddalar, donli aralashma 1 %, navli un tortishda hajmiy og‘irlik 750 g/l va javdari uchun navli un tortishda 700 g/l.
Mahsulotni chiqishi me’yorlarini aniklashda bazis, hisobli va haqiqiy chiqishlar farqlanadi.
Bazis chiqish deb. shunday bazis konditsiyaga mos dondan un tortish tipi ma’lum holda olinadigan mahsulot miqdoriga aytiladi.
Ko‘pchilik hollarda donni sifati belgilangan bazis normalarga mos kelmaydi, shu sababdan har bir ishlab chiqarilayotgan partiya uchun mahsulotni ishlab chiqish belgilanadi.
Hisobli chiqish, smena, sutka, dekada va har oy uchun hisoblanadi. Hisobli chiqishi deb, ishlab chiqarilayotgan donni haqiqiy sifatidan farqli ravishda bazis chiqish ko‘rsatkichlari ustama va chegirma normalari asosida hisoblanib, belgilangan mahsulot miqdoriga aytiladi.
Smena uchun mahsulotni chiqishi qabul qiluvchi qurilmadagi donni sifatidan sutka, dekada va har oy uchun esa o‘sha vaqt davomidagi o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanib, mahsulot chiqishi hisoblanadi.
Namlik. Don namligi uchun chegirma va ustamalar donni shaffoflik guruhiga nisbatan belgilanadi.
Agar don namligi 14,5 % dan kam bo‘lsa, don shaffofligi 60 % bo‘lganda namlikning har bir foizi uchun un va kepaklarni chiqishi 0,75 % ga oshadi; shaffoflik 40-60 % bo‘lganda 0,50 % ga usushka hisobiga oshadi. Agar don namligi 12 % dan past bo‘lganda, hisoblarda 12 % ga tenglashtiriladi.
Don namligi 14,5 % va yuqori shaffoflik 40 % bo‘lganda haqiqiy namlanishda har bir foiz uchun un va kepak chiqishi % ga oshadi, haqiqiy usushkada esa 1 % ga kamayadi. Namligi 14 % dan kam bo‘lgan mahsulotmi o‘rtacha namligi hisoblarda 14 ga tenglashtiriladi.
Agar donni shaffofligi 40 % ga teng bo‘lsa, namlikka bog‘liq bo‘lmagan holda haqiqiy namlanishning har bir foizi uchun 1 % ga kamayadi. Mahsulotni o‘rtacha namligi 13,5 % dan kam bo‘lsa, hisob uchun 13,5 % ga tenglashtiriladi.
Javdardan navli va oboy un tortishda va bug‘doydan oboy-un tortishda haqiqiy namlanishning har bir foizi uchun un va kepak chiqishi 1 % ga oshadi, haqiqiy qurish(usushka) normadan ortiq (0,3 %) bo‘lsa 1 % ga kamayadi, normadan kam bo‘lsa 1 % ga oshadi, usushka natijasida mahsulotni haqiqiy namlanish ko‘rsatkichi usushka normasi ko‘rsatkichi 0,3 % ga oshadi.
Kuldorlik. Unni chiqishini kuldorligi faqat navli un tortishlarda hisoblanib, kepak ajratib olinadi.
Agar donni kuldorligi bazisdan yuqori bo‘lsa, bazisdan yuqori bo‘lgan har bir 0,01 % uchun undan 0,18 % miqdorida, bug‘doydan navli un tortishda kepak hisobiga chegirma qilinadi, javdardan navli va oboy uni, bug‘doydan oboy uni tortishda esa 0,20 % foiz chegirma qilinadi.
Hajmiy og‘irligi 750 g/l bo‘lgan bug‘doydan navli un tortishda unni chiqimi kamayadi, kepakni chiqimi 0,11 % ga har bir 750 g/l dan kam 1 g uchun ortadi.
Bunday hollarda kuldorlik bo‘yicha un uchun chegirma qilinmaydi. Agar bir oy davomida hajmiy og‘irligi 750 g/l dan kam va kuldorligi 1,97 % dan yuqori bug‘doy donini alohida partiyalari qayta ishlansa va korxonada qayta saralash (podsortirovka) uchun don bo‘lmasa, mahsulotni chiqishini hisobi hajmiy og‘irligi kam yoki kuldorligi yuqori donni ma’lum davr davomida qayta ishlashda don massasi nisbiy og‘irligi asosida amalga oshiriladi.
Iflos aralashma. Iflos aralashma miqdori normaga kelmasligi chegirma va ustamalar un va kepak chiqishidan yaroqli chiqindilar (I va II kategoriya) hisobiga qilinadi. Bazis normasidan kam yoki ko‘p bo‘lgan iflos aralashmaning har bir foizi uchun un va kepak chiqishini bazis chiqishiga proporsional holda I % ga yarokli chiqindilar hisobiga oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |