Ishdan maqsad: Omixta-yem maxsulotlaridan namuna ajratish joyi va vaqti bilan tanishish.
Ishni bajarish uchun quyidagilar bo‘lishi kerak:
Vagondan, ombordan, kopdan namunalar oladigan shuplar, qisqa ushlagichli va qisqartirilgan konusli shuplar.
0,5 kg li kovsh, chelaklar.
CHetlari qayrilgan plankalar.
Dastlabki namuna tuzish uchun yog‘och shit.
Daslabki namunalar uchun idishlar va qopqoqli bankalar.
Stolga qo‘yiladigan, pallali va siferblatli (o‘zi ko‘rsatadigan) tarozilar.
Asosiy tushuncha. Omixta emlarning sifati ularni ishlab chiqarish jarayonida xam, saqlash davomida va iste’molchilarga jo‘natilayotganda ќam aniqlanadi. Omixta emlarning sifati bir xil partiyadan ajratilgan o‘rtacha namunada aniqlanadi.
Bir xil partiya deb, ma’lum retsept bo‘yicha ishlab chiqarilgan, aloxida komponentlarning retsept bo‘yicha to‘g‘ri me’yorlangan, ishlab chiqarish sharoitida tekshirilgan va organoleptik baxolashda bir xil sifatga ega bo‘lgan omixta emning miqdoriga aytiladi. Bunday partiyadan dastlabki namuna ajratiladi. Dastlabki namunadan omixta emning sifatini aniqlash uchun o‘rta namuna ajratiladi. Sochiluvchan, granullangan (donador) va briketlangan omixta emlardan namuna olish joyi va usullari quyidagi 1 jadvalda keltirilgan. Istalgan omixta em partiyalaridan ajratilgan dastlabki namuna og‘irligi 4 kg dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishni bajarish tartibi: Sochiluvchan omixta yemdan olingan dastlabki namunadan diagonal bo‘ylab bo‘lish usuli bilan o‘rtacha namuna olinadi. Olingan 2 kg li namuna ikki qismga bo‘linadi. Uning bir qismi qopqoqli bankaga solinadi va keyingi analizlarni olib borish uchun foydalaniladi. Ikkinchi qismi esa bankaga solinib, muќrlanadi va arbitraj tekshiruv uchun saqlanadi. Donadar omixta emdan o‘rta namuna ajratishda xam xuddi shunday ish bajariladi. Briketlangan omixta emdan o‘rta namuna tuzishda daslabki namunadan 6 ta briket ajratiladi, ulardan 1-2 tasi zichlikni aniqlash uchun foydalaniladi, qolganlari esa tunuka bankaga joylanadi, muxrlanadi va bir oy davomida arbitraj xolati uchun saqlanadi. Dastlabki namunadan qolgan briketlar uvalanadi (maydalanadi) vaolingan massadan o‘rtacha namuna ajratiladi.
Sochiluvchan, donador va briketlangan omixta emlardan olingan o‘rtacha namunadan dastlab namlikni, kislotalikni, metallomagnit qo‘shimchalar miqdorini, don zaxiralari zararkunandalari bilan zararlanganligini, maydalanish darajasini, maydalanmay qolgan madaniy o‘simliklar donlarini va zararli o‘simliklar urug‘larini aniqlash uchun tortma namunalar (naveska) ajratiladi. Namunaning qolgan qismini laboratoriya tegirmonchasida diametri 1 mm elakdan o‘tadigan kukunsimon massa xolatigacha maydalanadi. Olingan kukundan namlikni, xom kletchatkani, yog‘ni, kulni, osh tuzini, qumni miqdorini va qorako‘sov ќamda qorakuya kasalligi bilan zararlanganligini aniqlash uchun foydalaniladi.
Omixta emlardan namunalar olish usullari.
Namunalar olish joyi va vaqti
|
Namunani ajratish usuli
|
Eslatma
|
Omixta emlarni ishlab chiqarishda
|
Sochiluvchan omixta em
|
Xar 2 soat
|
Omixta em ishlab chiqarishda magnitli ќimoyalashdan o‘tgan, aralashtiruvchi dastgoќ tagidan omixta em oqimini to‘sib, kovsh bilan osiladi
|
Omixta emlarning vagonga va boshqa, transportlarga yuklanganda
|
Omixta emlarni bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilayotganda omixta em oqimini kovsh bilan (ќar partiyadan kamida ikki marta) to‘sib olinadi
|
Xar 15 minutda
|
3 m dan baland siloslarda saqlanayotganda
|
Omixta em partiyasini bir silosdan ikkinchi silosga uzatilayotgan kovsh bilan to‘sib olinadi
|
Xar 15 minutda
|
Omborxonalarda to‘kilgan ќolda saqlanayotganda
|
Namuna olishdan oldin omixta em to‘kmasi 4-5 m2 maydonli kvadratlarga ajratiladi. Namuna ќar bir kvadratni o‘rtasidan olinadi.
|
Namuna yuqori o‘rta va quyi qatlamlardan olinadi.
|
YUk tashuvchi avtomobillardan, katta bo‘lmagan ombordagi to‘kmalardan
|
Konvert sxemasi bo‘yicha to‘kmaning butun qatlami bo‘yicha uning chetlaridan 0,5 m ichkaridan shup bilan 5 ta joydan namuna olinadi.
|
|
To‘kilgan qoplardan
|
Qopning yuqori va pastki qismidan qopli shup bilan namuna olinadi
|
Namunalar olinadigan qoplar miqdori partiyaning 5% ni tashkil etishi kerak.
|
Omixta em ishlab chiqarishda
|
Granullangan omixta em
|
Xar 2 soatda
|
Granullangan omixta emni sisloslarga uzatilayotganda yoki elaydigan uskunadan keyin kovsh bilan namuna olinadi
|
Briketlangan omixta em ishlab chiqarishda
|
Briketlangan omixta em
|
Xar 2 soatda
|
Presslovchi mundshtuklardan chiqayotganda namuna olinadi.
|
Olingan natijaga ko‘ra xulosa yoziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |