kesilgan ko’rinishi
Nonning egiluvchanligini aniqlashda, mag’iz barmoq bilan engil bosilib, undagi g’ovaklarning uzilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Non sofligi mag’izning egiluvchanligi, hushbo’y hidi va yoqimli ta’mi bilan ta’riflanadi. Berch non qattiq mag’izga ega bo’lib, ushoqlanadi. Shuningdek, qiyin chaynalib, nonning ta’mi va hidi keskin o’zgaradi.
Nonning ushoqlanish xususiyatini aniqlash uchun mag’iz bo’laklari olinadi va yumaloq soqqa holiga keltiriladi. Soqqani darhol va engil yuzaga kelishi nonning sofligini, agar mag’iz ushoqlansa, uning berchligini bildiradi.
Ta’mi va hidi. Har bir non turi o’ziga xos ta’m va hidga ega. Non begona hid, mineral aralashmalarning mazasi va g’archillashiga ega bo’lmasligi kerak. Nonning ta’mi mag’iz burdasini chaynash bilan aniqlanadi. Shunda ortiqcha nordonlik, chuchuklik, sho’r, achchiqlik, boshqa begona ta’m hamda tishlarda g’irchillash bor yoki yo’qligi ko’rsatiladi. Hidni aniqlashda uning o’ziga xosligiga e’tibor beriladi.
Non kasalliklari. Nonda kasallik va mog’orlar mavjudli-giga yo’l qo’yilmaydi. Kasalliklar nonning qobiq va mag’izini ko’zdan kechirish bilan aniqlanadi. Mog’or zamburug’lari, kartoshka tayoqcha bakteriyalari koloniyasi, och qizil dog’li pigment yoki mag’izda oq dog’lar rivojlanishi kuzatilsa, darhol ish daftariga belgilanadi.
Non sifatini aniqlashning laboratoriya usullari. Laboratoriya izlanishlarida nonning fizik-kimyoviy sifat ko’rsatkichlari (namlik, g’ovaklik, nordonlik va b.) aniqlanadi. 40-jadvalda non navlarining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari keltirilgan.
40-jadval
Bug’doy va javdar unlaridan tayorlangan nonlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari
Un navi
|
Yopish usuli
|
Namlik (foiz) ko’p emas
|
Nordonlik (gard) ko’p emas
|
G’ovaklik (foiz) kam emas
|
1 nav bug’doy unidan
|
shaklli
shaklsiz
|
45
44
|
3
3
|
68
65
|
2-nav bug’doy unidan
|
shaklli
shaklsiz
|
45
45
|
4
4
|
65
63
|
Javdar-bug’doy unidan
|
shaklli
shaklsiz
|
49
49
|
11
11
|
50
57
|
Po’stli javdar unidan
|
shaklli
shaklsiz
|
51
51
|
12
12
|
48
45
|
Po’stsiz javdar unidan
|
shaklli
shaklsiz
|
49
48,5
|
11
11
|
51
49
|
Elangan javdar unidan
|
shaklli
shaklsiz
|
48
46
|
7
7
|
57
55
|
Namlik. Yopilgan nonning sifatini aniqlashda namlikni aniqlash faqat mag’zida olib boriladi.
Tahlil uchun olingan namunada havo tegib turgan tarafi kesiladi va qalinligi taxminin 0,5 sm burda kesib olinadi. So’ng 4 joydan: o’rtasidan 5-6 va yon qobig’idan 1 sm qoldirib, yuqori, quyi, yon tomonidan 2-3 grammdan o’yib olinadi. Nusxaning umumiy og’irligi 12-15 gr. Olingan uyumlar tezda va sinchiklab, pichoq bilan maydalaniladi, aralashtiriladi va har biri 5 gr ikki namu-na ajratiladi. Namunalar 0,01 aniqlikda tortiladi. Namunalarni quritish va namlikni hisoblash, don namligini aniqlash singari amalga oshiriladi. Parallel ikki aniqlashlar o’rtasidagi farq 1 foizgacha ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |