Donni oziqaviy qiymati.
Inson iste’mol qiladigan oziq moddalar turli kimyoviy elementlar:
oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar va minerallardan tashkil topgan. Ular
inson organizmi uchun energetik va biologik qimmatga ega.
Oqsil moddalar yoki oqsillar
(proteinlar - grekcha so‘zdan olingan
bo‘lib, birinchi yoki muhim degan ma’noni anglatadi) yuqori molekulyar
massaga ega bo‘lib (uning molekula massasi 5 - 1 0 mingdan 1 mln.
gacha va undan oshiq), ular aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan va tabiiy
polimemi tashkil qiladi.
Oqsillarning biologik vazifalari turlichadir. Ular inson organiz mida
katalitik (fermentlar), tartibga soluvchi (gormonlar), tuzuvchi
65
(kollagen,
fibroin),
harakatlantiruvchi
(miozin),
transportlovchi
(gemoglobin,
mnoglobin),
himoyalovchi
(immunoglobo‘linlar,
interferon), zahira (kazein, albumin, gliadin, zein) va boshqa vazi - falarni
bajaradi. Oqsil, asosan, inson organizmining o‘sishi va faol harakatida
muhim ahamiyatga ega. Oqsil moddasisiz hayot bo‘lishi mumkin emas.
Oqsil inson vahayvonlar organizmini aminokislotalar bilan ta’minlaydi.
Oqsilning oziqaviy qiymati.
Go‘sht, sut, baliq, don va don
mahsulotlari, sabzavotlar tarkibi oqsilga boydir. Inson uchun zarur oqsil
miqdori uning yoshi, jinsi, mehnat turiga bog‘liq. Sog‘lom organizmda
iste’mol qilingan va parchalangan oqsil miqdori teng boiishi kerak. Oqsil
moddasi almashinuvini baholash uchun azot balansi tushunchasi
kiritilgan. Oqilona hayot kechiruvchi insonda azot muvozanati mavjud
bo‘lib, u oziq-ovqat bilan qabul qilingan va sarflangan azot miqdoriga
tengdir.
Oqsilning biologik qiymati aminokislota tarkibi bilan tenglashib,
ovqat hazm bo'lishida ferment bilan faol ishtirok etadi. Inson organizmida
oqsil parchalanib, aminokislotalarga aylanadi, ularning bir qismi
(almashtirib bo‘ladiganlari) yangi aminokislotalar hosil bo‘lishida
ishtirok etadi. Parchalanish jarayonida qatnashmayd igan (almashtirib
bo‘lmaydigan essensial) aminokislotalar esa inson organizmiga iste’mol
qilingan ovqat bilan birga kiradi.
Inson bir kecha-kunduzda turli oqsillardan 85 - 100 g iste’mol qilishi
tavsiya etiladi.
Fermentlar.
Ferment yoki enzima (xamirturush tarkibidagi) murakkab
biologik katalizatordir. Fermentlar oziq -ovqat sanoa- tida muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, turli texnologik jarayonlarning amalga oshishi va
rivojlanishiga yordam beradi. Ayniqsa, non tayyorlash sanoatida
fermentning roli katta.
Fermentlar 10.000 dan 1.000.000 gacha molekulyar massaga ega.
Ferment molekulasi faqat oqsil yoki tarkibida oqsil boigan moddalardan
tuzilgan. Bugungi kunda 3000 dan ortiq fermentlar o‘rganilgan va ular 6
guruhga turkumlanadi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |