4-jadval
Don massasini tabiiy kamayishi.
Biologik.
Mexanik.
Nafas olish.
Donning unishi.
Mikroorganizmlarning
rivojlanishi.
Hasharot
va
kanalarning rivojlanishi. 0‘z-o‘zidan qizish.
Kemiruvchilar ta’siri.
Qushlar ta’siri.
Shikastlanish.
Changish.
To‘kilish.
Ikkinchi masala - don mahsulotlarini sifatini pasaytirmasdan saqlash.
Saqlash amaliyotida don mahsulotlari va urug‘ sifatining pasayishi
holatlari saqlash jarayonini noto'g’ri tashkil etish va bu mahsulotlami
saqlash davomida yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.
Uchinchi masala - saqlash mobaynida don mahsulotlari sifatini
oshirish. Don mahsulotlarining sifatli saqlanishi eng avvalo ularni
29
yetishtirish omillariga bog‘liq. Yaxshi agrotexnikadayetishtirilgan, to‘la
pishgan to‘liq donlar sifatli saqlanadi. Bundan tashqari don
mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta'minlash uch un ularga saqlashga
joylashtirishdan oldin ishlov beriladi. Buning uchun don barcha turdagi
aralashmalardan tozalanadi. Don va don mahsulotlari namligi davlat
standartida belgilangan ko'rsatkichga keltiriladi.
Don va don mahsulotlarini saqlashda belgilangan aniq rejimlarni
tadbiq etish hamda zamonaviy ilg'or texnologiyalarni joriy etish ham
mahsulotlarning sifatli saqlanishi garovidir.
To‘rtinchi masala - mumkin qadar o‘z mehnat va moddiy mablag‘lar
sarflab yuqori natijalarga erishish, ya’ni mahsulot isrofini kamaytirish,
hamda sifatini oshirishga erishish.
Ko‘pgina amaliy tajribalar shuni ko'rsatadiki ishlab chiqarish
samaradorligini quyidagi usullar bilan oshirish mumkin:
-
mahsulot
saqlanadigan
inshootlarni
tubdan
yaxshilash
va
takomillashtirish;
-
saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sifatini izchil nazo rat
qilish va ularga ishlov berish;
-
soha mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish;
-
zamonaviy i!g‘or texnologiyalarni joriy etish;
-
ishlab chiqarishni to‘g"ri tashkil etish va mahsulotdan ratsional
foydalanish.
Don mahsulotlarining noto‘g‘ri realizatsiya qilinishi ishlab
chiqarishda ko'pgina isroflarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab
chiqarish sanoatida pivobop bo‘lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo
chiqishi va uning sifatini tushirib yuboradi. Kraxmal patoka ishlab
chiqarishda makkajo‘xorining kremniyli navlaridan foydalanish maqsadga
muvofiq emas. Chunki bu navlardan kraxmal chiqishi juda past. Omuxta-
yem ishlab chiqarishda sariq mak- kajo‘xori o‘rnigaoq makkajo‘xorining
ishlatilishiyemning vitaminli tarkibi hamda ozuqaviylik qiymatini
o‘zgartirib yuboradi.
Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maq -
sadida don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida quyidagi
texnologik tadbirlar yo'lga qo‘yilgan.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |