Jihoz va materiallar: tarozi, ranggi bo‘yicha solishtirish uchun ajratadigan romcha, kimyoviy idishlar va farfor kosachalar, bug‘doy turlaridan namunalar.
O‘zlashtirish uchun savollar
Bug‘doy doni tarkibining asosiy belgilari qanday bo‘ladi?
Bug‘doy doni sifatiga qanday standart talablari qo‘yiladi?
Bug‘doy doni turlari qanday turkumlarga bo‘linadi?.
Bug‘doy doni va navlarini aniqlashda etalondan qanday foydalaniladi?
5-laboratoriya mashg‘uloti:
DON NAMLIGINI ANIQLASH
Darsning maqsadi: talabalarni don partiyalarini saqlashda belgilangan namlik me’yori bilan tanishtirish. Ularga saqlash va qayta ishlash uchun qabul qilinadigan donlarning namligini aniqlashni o‘rgatish.
Ishning mazmuni va tashkil etish tartibi: : don namligi deb, uning tarkibidagi, olin-gan namuna og‘irligiga nisbatan foizda ifodalangan erkin yoki bog‘langan gigroskopik suv miqdoriga aytiladi.
Dondagi suv miqdori uning asosiy sifat ko‘rsatkichi hamda uni saqlash chidamliligini belgilaydigan omillardan biri hisob-lanadi. Dondagi ortiqcha suv nafas olish jarayonini tezlashtirib, uyumda mikroorganizmlar hamda ombor zararkunandalarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Don quyi harorat ta’sirida mumkin qadar o‘zining unishini yo‘qotadi va ekish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Donda ortiqcha (15,5-16 foizdan yuqori) namlik qayta ishlashda ham birikadi. Bunday don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegir-monning unumdorligi pasayadi. Donning saqlashga chidamliligi, uni standart talablariga javob berishini belgilaydigan don namligining 4 holati ma’lum: quruq, yarim quruq, nam va ho‘l.
Bug‘doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadi: quruq – namlik 14 foizgacha, o‘rtacha quruq – 14-15,5 foizgacha, nam – 15,5 foizdan 17 foizgacha va ho‘l – 17 foiz-dan ortiq. Don namligini aniqlash usullarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri va boshqa yo‘l bilan. Birinchi guruhga maxsus uskunalarda oldindan suv siqib chiqarilgandan keyin uni hajmi-ni o‘lchash yo‘li bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi. SHuningdek don namligini aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usul-lar keng tarqalgan:
1. Butun yoki maydalangan don (quruq qoldig‘i bo‘yicha) namunalarni quritish bilan suv miqdorini aniqlash.
2. Donning elektr o‘tkazuvchanligin va dielektrik o‘tkirligiga qarab namligini aniqlash.
Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini quritishda quritgich javonlarining turli sistemalari (SESH-1, SESH- 2, SESH-3 va boshqa) qo‘llaniladi. Elektr o‘tkazuvchanligiga qarab namlikni hozirgi davrda keng qo‘llanilayotgan elektr nam o‘lchagichlarida amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |