Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi


Dastlabki quritishdan keyin namlikni aniqlash



Download 19,88 Mb.
bet16/56
Sana12.07.2022
Hajmi19,88 Mb.
#783252
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
2 5359811635684840715

Dastlabki quritishdan keyin namlikni aniqlash. Don tarkibida namlik 18% dan ortiq bo‘lgan hollarda, namlikni aniqlash ikki yo‘l bilan, ya’ni dastlab quritib amalga oshiriladi.
Dastlabki quritish uchun texnik tarozilarda 20 gr don tortilib 8-10 sm diametrli yuza idishga joylanadi va quritish javonida 1050 haroratda 30 daqiqa davomida bir oz quritiladi. SHu vaqt o‘tgandan keyin idish javondan olinadi, ochiq holatda sovutiladi va 0,01 aniqlikda tortiladi. So‘ngra don tegirmonchada (DAST da belgilanganidek kattalikda) yanchiladi va har biri 5 gr dan ikki namunacha tortiladi. Quritish javonida namunalar 1300 haroratda 40 daqiqa quritiladi. Dondagi namlik hisobi-ni aniqlash quyidagi formulada amalga oshiriladi:
X=100-(S·ch)
bu erda: X – don namligi, %; S – quritilgandan keyingi maydalanmagan 20 gr og‘irlikdagi don; ch – dastlabki quritilgan va quritilgandan keyingi maydalangan 5 gr don og‘irligi.
Ushbu formula quyidagicha echiladi. Dastlabki quritilgan va maydalangan 5 gr donni quritish natijasida nam (5-ch) lik bug‘-lanadi. Dastlabki quritilgan donning hamma namunadan (С) esa:

Quritilgunicha 20 gr nam donda namlik mavjud.
yoki
Namlikni umumiy miqdorini foizda quyidagi formula orqali echiladi:

Namlikni har biri 5 gr namunada alohida hisoblanadi. Nam-lik foizi esa ikki aniqlashning o‘rtacha arifmetik ma’lumotlar-dan 0,1 aniqlikkacha ko‘rsatiladi. Ikkala parallel aniqlash o‘rtasi-dagi farq 0,25% dan oshmasligi kerak.
Misol, agar quritilgandan keyin 20 gr namunadagi maydalan-magan don og‘irligi 17,82 gr, maydalangan donning 5 gr namunachani batamom quritilgandan keyingi og‘irligi (ch) 4,35 gr teng bo‘lsa, namlik foizi formula bo‘yicha quyidagiga teng bo‘ladi:
100-(17,82·4,35)=100-77,52=22,48%
So‘tali makkajo‘xorilarning namligini aniqlash. So‘tali makkajo‘xorilarning namligini alohida don va negizida aniq-lanadi.
Ombor maydonchalarida, shuningdek vagon, avtomashina yoki aravalarda keltirilgan va saqlanayotgan so‘talarning namligin aniqlash uchun, dastlabki namunadan (100 so‘ta) har 30-sini, ya’ni bor yo‘g‘i uchtasi olinadi. Ular mutlaqo sog‘lom bo‘lishi shart.
Omborga avtomashinalarda kun davomida qismlarga bo‘lib olib kelingan bir turli to‘plamning namligini aniqlash uchun o‘rtacha kunlik namuna quyidagi tarzda tuziladi. Har bir avtomashina yoki aravadan olinadigan uchta sog‘lom so‘ta namunasi sindirilib, 50 gr don olinadi va po‘kak bilan zich yopiladigan shisha bonkaga joyla-nadi. Olingan o‘rtacha kunlik namunadan 50 gr namunacha ajrati-ladi va don namligini aniqlash amalga oshiriladi.
Makkajo‘xori negizining namligini aniqlash uchun ham o‘rtacha sutkali namuna tuziladi. Makkajo‘xorining har bir so‘tasidan ajratilgan negizidan bo‘lakcha kesib olinadi va uni zich yopila-digan shisha idishga joylab saqlanadi. Tuzilgan o‘rtacha sutkali 50 gr og‘irlikdagi bo‘lakchalardan namunalar ajratiladi, ular kichik qismlarga bo‘linadi, har biri 5 gr dan ikkita namunacha olinadi va quritiladi.
Don namligini aniqlash uchun so‘talar qo‘lda yoki laboratoriya sidirgichi yordamida sidiriladi va olingan dondan 50 gr o‘rtacha namuna ajratiladi. So‘ngra don yanchiladi, qopqoqli bonkaga joy-lanadi, keyin undan har biri 5 gr dan ikkita namuna olinadi. Ularning namligi 18% dan ortiqcha bo‘lsa, undagi namlik dastlab-ki quritishdan keyin aniqlanadi.

Download 19,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish