Urug‘lik va oziq-ovqat donlarini quritishda harorat tar-tibi. Quritish jarayonida yuqori sifatli urug‘ va donlarni quri-tishni taxminlash quyidagi asosiy sharoitlarga rioya qilinishi kerak:
Issiqlik olib yuruvchi haroratni va donlarni qizishini qat’iy ushlab turish.
Don quritgich kameralarida donlarni qizib ketishiga yo‘l qo‘y-masdan quritgichni normal o‘tkazish qobiliyatini ta’minlash.
Quritgichlarga normal holda issiqlikni kelishinikuzatib turish.
Donlarni quritish tartibi 25-jadvalda ko‘rsatilgan.
14-rasm. SZSB-8 don quritgichining umumiy ko‘rinishi:
1-o‘txona ventilyatori; 2-o‘txona; 3-o‘txona quvuri; 4-issiq havo quvuri; 5-yuklash derazasi; 6-yuklash kamerasi; 7-don kiritish patrubkasi; 8-quritish barabani; 9-don-ni aralashtiruvchi parrakli krestovina; 10-bandaj; 11-ishlatilgan havo chiquvchi quvur; 12-bo‘shatish kamerasi ventilyatori; 13-bo‘shatish elevatori; 14-sovutish kolonkasi ventilyatori; 15-sovutish kolonkasidan havo chiqarish quvuri; 16-sovu-tish kolonkasi; 17-nazorat quvuri; 18-sovutish kolonkasi zatvori; 19-bo‘shatish kamerasi; 20-bo‘shatish kamerasi zatvori; 21-bo‘shatish elevatorining qabul qiluv-chi kovshi; 22-baraban roliklari; 23-roliklar vali; 24-reduktor; 25-klapan.
8-jadval
Urug‘lik donlarni don quritgichlarda quritish haroratining tartiblari
Ekinlar
|
Urug‘larni quritishgacha bo‘lgan namligi, oraliqda (%)
|
Don qurit-gichlardan o‘tkaziladigan donlarni soni
|
SHaxta turidagi ko‘rsatkichlar
|
Nog‘ora turidagi quritgichlar. Donni qizitish harorati,oraliqda (0S)
|
Issiqlik olib yuruvchining harorati, 0S
|
Donni qizitish harorati, 0S
|
Bug‘doy,
javdar,
arpa,
suli
|
18
20
26
26
26dan
kam
|
1
1
2
2
1
2
3
1
1
|
70
65
60
65
55
60
65
65
60
|
45
45
43
45
40
43
45
45
45
|
45
45
43
45
40
43
45
45
45
|
Grechixa,
tariq
|
20
>26
18
20
|
1
2
1
2
3
1
1
2
1
|
55
60
50
55
60
60
55
60
50
|
40
45
38
40
45
45
43
45
40
|
40
45
38
40
45
|
No‘xat
Vika
YAsmiq
YAshil
no‘xat
sholi
|
25
30
18
20
|
2
3
1
2
3
4
1
1
|
55
60
45
50
55
60
60
55
|
43
45
35
40
43
45
45
43
|
|
Makkajo‘xori
|
23
|
2
1
2
3
|
60
50
55
60
|
45
40
43
45
|
|
Oftobli havoda quritish. Oftobli havoda quritish usulini qo‘llash mamlakatimizni janubiy tumanlarida yaxshi natija beradi. SHimoliy tumanlarda bunday quritish usuli uncha samara bermaydi. Ob-havo sharoitlari qulay bo‘lgan paytlarda bir kunda donning namligini 3-4% gacha pasaytirish mumkin. Oftobli havoda quritish uchun maxsus asfaltlangan, betonlangan taxtalar qo‘yilgan va loy suvoq qilin-gan maydonlardan foydalaniladi. Maydonlar ochiq quruq joylar-da janubiy qiyaliklarda barpo qilinadi. Loy-suvoqli maydonlar quyidagicha tayyorlanadi. Erni ustki qatlamidan har xil o‘simlik-lar olib tashlanadi, xaydaladi va tekislanadi. So‘ng loy aralash-masini qo‘l bilan qo‘shib yaxshi aralashtiriladi va qo‘yilgan loyni er ustiga 4-5 sm qalinlikda surib chiqiladi va quritiladi. Quri-tish davomida paydo bo‘lgan yoriqlar yana loy bilan surib chiqiladi. Maydonning katta-kichikligi ekin turlari va donlarning qalin joylashishiga bog‘liqdir. Donlarning namligiga qarab 10-15 sm qalinlikda yoyib chiqiladi. 10 sm qalinlikda donlar yoyilsa 1 t bug‘doy donini joylashtirish uchun 13 m2, javdarga 17 m2, suliga 22 m2 joy kerak bo‘ladi. Donlarni tez quritish uchun yoyilgan maydondan ariqchalar olinadi. Har 20-30 daqiqada yog‘ochli kuraklar bilan donlarni aralashtirib turiladi. Quritilgan donlar don tozalagich mashinalaridan o‘tkaziladi va yig‘ib don omboriga jo‘natiladi. Quritish jarayonida har 2-3 soat davomida donlarni namligi aniqlab turiladi. Namlikni aniqlash uchun har 10 m2 joydan namunalar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |