o’simliklar va urug’lar tanlanadi, ular qulay sharoitda parvarish qilinadi,
kasallik va hashoratlar bilan zararlantirilmasdan, bahorgi g’alla ekinlarni qish
hollarda ommaviy tanlash usuli asosida ham yetishtiriladi. Oxirgi yillarda
o’simliklarda) yuqori bo’lgan ko’paytirish pitomnigidan, superelita, elita yoki
Yakka tanlash usulidan foydalanib, elita urug’liklarini yetishtirish
tartibi quyidagicha (27-rasm):
-birinchi yilgi bo’g’inlarni sinash (tanlash) pitomnigiga navning
navdorligi va tipikligi yuqori bo’lgan ekinzorlardan yakka tanlab olingan
o’simliklarning urug’laridan iborat avlodlar ekiladi.
Birinchi yilgi bo’g’inlarni sinash pitomniklariga ko’pincha mingga
yaqin (300 tadan kam bo’lmagan) eng yaxshi avlodlar ekiladi. Avlodlarning
soni ularni asosiy miqdor belgilari; poyaning uzunligi, umumiy
mahsuldorligi, bitta o’simlik donining vazni, mahsuldor tuplanish,
boshoqdagi don miqdori, 1000 ta donning og’irligi, donining sifati va boshqa
qimmatli xo’jalik-biologik belgilari bo’yicha taqqoslanayotganda puxta
baholashga imkon beradigan bo’lishi kerak.
Birinchi yilgi sinash pitomnigiga o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi
ustidan tegishli kuzatishlar olib boriladi, yomon ko’rsatkichlarga ega bo’lgan
(kasallangan, ifloslangan) avlodlar o’zidan changlanuvchi ekinlardan hosilni
yig’ishtirish oldidan olib tashlanadi. Qolgan eng yaxshi oilalar alohida-
alohida o’rib olinib, yanchiladi, labaratoriyada baholanib, yaroqsizlari
tashlanib, qolganlarining urug’i keyingi ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash
pitomnigiga ekiladi. Birinchi yilgi sinash pitomnigidan tanlab olingan oilalar
miqdor belgilari bo’yicha va variasion qatorlar tuzilib, olingan ma’lumotlar
matematik yo’l bilan tekshirilib chiqiladi. Bunda nav ichidagi irsiy va irsiy
bo’lmagan o’zgarishlarni bir biridan ajratib olish uchun va variasion
qatorlarning asosiy ko’rsatkichlari-oilalarning barcha yig’indisi uchun
belgilarning o’rtacha ifodasidan (S) va ularning standart cheklanishidan (X)
foydalanish eng yaxshi natija beradi. Bulardan foydalanib barcha
liniyalarning sinflari aniqlanadi. 1-sinfga X-35; 2-sinfga X-25; 3-sinfga XS,
4-sinfga X+S; 5-sinfga X+2S va 6-sinfga X+3S ko’rsatkichli oilalar kiritiladi.
Ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash pitomnigiga ekish uchun X+2S
sinfiga bo’lgan liniyalarning urug’liklari ajratib olinadi.
Ikkiichi yilgi bo’g’inlarni sinash pitomnigiga olingan 300 dan ortiq
liniyalarning urug’liklari ekiladi. Har bir liniya 2-3 qaytariqda ekiladi. Bu
pitomnikda ham o’suv davrida dala ko’riklari o’tkazib navga xos bo’lmagan,
kasallangan liniyalar chiqarib tashlanadi. Tanlab olish uchun qolgan eng
yaxshi liniyalarning hosili alohida-alohida yig’ib olinadi va doni bo’yicha
laboratoriyada baholanadi. Liniyalarning hosildorligi bo’yicha olingan X+2S
sinfiga kirgan liniyalar ko’paytirish pitomnigida ekish uchun tanlab olinib
urug’ligi birlashtiriladi.
Ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash pitomnigidan tanlab olingan eng
yaxshi liniyalarning birlashtirilgan urug’lari ko’paytirish pitomnigiga seyalka
yordamida ekiladi.
Ko’paytirish pitomnigida yetishtirilgan urug’liklarning mutlaqo sof
bo’lishi talab qilinadi. Ko’paytirish pitomnigida yetishtirilgan hosil
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
kombaynda yig’ib olinib, urug’lar tozalanadi, saralanadi va dorilangandan
keyin yangi qoplarga solinib yaxshi jihozlangan omborlarda saqlanadi. Bu
urug’liklardan keyingi yil superelita, superelitadan keyin esa elita urug’lik
olish uchun foydalaniladi. Birlamchi urug’chilik pitomnilarida ilmiy-tadqiqot
muassasasida seleksion ekinlari uchun qabul qilingan usullar, ekish tartibi va
yetishtirish texnologiyasi qo’llaniladi.
Elita urug’liklar yetishtirishda birlamchi urug’chilik pitomniklarida
elita keng qatorlab (kuzgi bug’doy 45X10-1 sxemada) ekish qo’llanadi. Bu
usul nisbatan kam urug’lik sarflab yirik, yaxshi to’lishgan, salmoqdor
urug’lik yetishtirib olishga, ya’ni ekinning ko’payish koefisentini oshirishga
olib keladi.
Keng qatorlab ekish usuli qo’llanilganda o’simliklarning qatorda
joylashish qalinligiga katta e’tibor beriladi. Qatorlarda o’simliklarning
qalinligi kerakli miqdorda bo’lganda o’simliklarning biologik chidamliligi
yuqori bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi, hosildorlik oshadi,
urug’liklarning sifati yaxshi bo’lib ko’payish koeffisenti oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: