Nav yangilash. Ekinlarning ishlab chiqarishdagi barcha navlariga xos
hosildorlik va qimmatli xo’jalik biologik belgi va xususiyatlarni boshlang’ich
holatda saqlash uchun ularning urug’liklarini o’z vaqtida yangilab turish talab
etiladi. Nav yangilash deb eqilib kelinayotgan bir navning hosildorlik,
mahsulot sifati va biologik xususiyatlari pasayganidan so’ng, shu navning
maxsus usullar yordamida yangilangan sifatli urug’liklari bilan almashtirilib
eqilishiga aytiladi. Nav yangilash ham nav almashtirish kabi urug’chilikning
eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Nav
yangilashni to’g’ri tashkil qilish va o’z muddatida o’tkazish navning elita
urug’liklarini uzluksiz yetishtirish bilan bog’liq.
Nav yangilash aprobasiya ma’lumotlariga asoslanib yoki yaxshilangan
elita urug’liklari yetishtirib chiqarilganda, shuningdek urug’likning sifatidan
qat’iy nazar oldindan belgilangan muddatda davriy ravishda o’tkazilib
beriladi. Turli mamlakatlarda va har xil ekinlarda nav yangilash har xil
muddatda o’tkaziladi. Masalan Rossiyaning ayrim viloyatlarida nav
yangilash 4-5 yilda bir marta o’tkaziladi.
Ukrainada (Kiyev viloyatida) donli ekinlar bo’yicha nav yangilashni
har yili, Moldaviyada 2 yilda bir marta, Litvada va bizning mamlakatimizda
5 yilda (ayrim hollarda 4 yilda) bir marta o’tkazish belgilangan.
Nav yangilashning muddati ko’pincha elita urug’liklari ishlab
chiqarishda ko’paytirilganda har bir keyingi reproduksiya o’zining
hosildorlik sifatini yo’qotib, tez buzilib borishi, shuningdek, urug’liklarni
yetishtirish imkoniyatlari hisobga olinib, tavsiya etiladi. Biroq ekish uchun
tavsiya etilgan elita urug’liklari oldingilariga nisbatan hosildorligi bo’yicha
ustun bo’lmasa, u holda nav yangilashni urug’lik boshqa nav va ekinlar
urug’ligi bilan ifloslanganda, kasallanganda yoki aprobasiya paytida yaroqsiz
deb topilganda o’tkazish lozim.
Nav yangilash muddatini belgilashda har doim nav qancha vaqt ichida
qanday tezlik bilan o’zining hosildorlik sifatini pasaytirib yomonlashib ketadi
degan savol tug’iladi. Navning yomonlashishi o’simlikning irsiyatiga bog’lik.
Irsiyat barqaror bo’lsa, urug’lik ko’payish jarayonida nav bir qancha
bo’g’imlar davomida o’zining belgi va xususiyatlarini mustahkam saqlab
qoladi. Buni donli va boshqa ekinlarning eski mahalliy navlaridan yakka
tanlash yo’li bilan yaratilgan va keng tarqalgan seleksion navlar misolida
ko’rish mumkin. Arpaning Viner va sulining Pobeda navlari 40-50 yildan
ortiq davr davomida katta maydonlarda ekilmokda va ularda hyech qanday
buzilish alomatlari sezilmaydi.
Navlar to’g’ri agrotexnika sharoitida hosil sifatini ifodalovchi biologik
xususiyatlari va morfologik belgilarini uzoq vaqt davomida mustahkam
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
saqlab qoladi. Nav yangilash jarayonida barcha xo’jaliklarni yangitdan
rayonlashtirilgan navlarning elita va 1-reporoduksiya urug’liklari bilan
ta’minlashda birlamchi urug’chilik muhim ahamiyatga ega. Chunki elita
urug’liklari yetishtirish bilan birlamchi urug’chilik shug’ullanadi. Birlamchi
urug’chilik 3 ta pitomnikdan iborat:
1.bo’g’inlarni birinchi yil sinash pitomnigi yoki tanlash pitomnigi;
2.bo’g’inlarni ikkinchi yil sinash pitomnigi yoki urug’chilik pitomnigi;
3.1-2 yil ko’paytirish pitomnigi.
Bu pitomniklarning vazifasi yuqori sifatli superelita va elita
urug’liklarini yetishtirishdir. Ekin xili va navi hamda urug’lik yetishtirish
hajmiga qarab elita urug’ligi yetishtirish turlicha bo’lishi mumkin. Elita
urug’ligini yetishtirish murakkab, malakali mehnatni talab etadigan
jarayondir. Bunda quyidagilarga qat’iy amal qilish kerak:
-navning barcha qimmatli biologik va xo’jalik belgi va xususiyatlarini
dastlabki holatda saqlab turish;
-qimmatli belgi va xususiyatlarning yaxshilanib borishi uchun qulay
sharoit vujudga keltirish;
-urug’liklarni
tez
sur’atlar
bilan
ko’paytirib,
kasallik
va
zararkunandalardan tozalab, navning mexanik hamda biologik ifloslanishiga
yo’l qo’ymay nav sofligini yuqori darajada saqlash.
Har kanday holatda ham elita urug’liklarini yetishtirish boshlang’ich
materialni tashkil etishga, eng yaxshi bo’g’inlarni sinashga va ko’paytirishga
asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |