Donli yekinlari aprobasiyasi. Kuzgi va bahorgi bug’doy, arpa hamda suli
donining mum pishishi boshlanishida, tariq ro’vagining tepa qismida gul qobiqchalari
aniq rangga kirganda aprobasiya bog’lamlari (namunalari) olinadi. Dalaning yeng
uzun diagonali bo’ylab, bir biridan taxminan bir xil uzoqlikdagi 150 tadan kam
bo’lmagan nuqtadan to’g’ri kelgan o’simliklar olinadi (o’rib yoki sug’urib olinadi).
Bitta aprobasiya bog’lamida kamida 1500 ta normal rivojlangan poya bo’lishi kerak.
Har 450 gektardan, tariqning 350 gektaridan bitta aprobasiya bog’lami tayyorlanadi.
Ilmiy tadqiqot muassasalarida, o’quv – tajriba, yelita – urug’chilik va
urug’chilik xo’jaliklarida urug’lik yekinlarning har bir dalasidan ikkala diaganali
bo’ylab ikkita namuna olinadi.
Ular bir biriga qo’shib yubormasdan alohida – alohida tekshiriladi (tahlil
qilinadi) va olingan ma’lumotlar aprobasiya aktiga yoziladi. Yekinning nav sofligi va
boshqa ko’rsatgichlari ikkala aprobasiya bog’lami bo’yicha belgilanadi.
Agar aprobasiya qilinayotgan yekinning maydoni belgilangandan ortiq bo’lsa, u
holda aprobator dalani ikkiga yoki bir necha qismga bo’lib, har biridan bittadan
aprobasiya bog’lami oladi.
Agronom – aprobator aprobasiya bog’lami olish bilan birga ko’z bilan chamalab
begona o’t turlarini va quyidagi tartibda yekinning ifloslanish darajasini aniqlaydi:
- begona o’tlar mutlaqo bo’lmasa – «0»;
- ozroq bo’lsa – «1»;
- o’rtacha ifloslangan bo’lsa – «2»;
- juda ko’p bo’lsa – «3» baho qo’yiladi.
Bir daladan olingan o’simliklarni shu yerning o’zida bog’lab, uning ichiga va
ustiga xo’jalikning nomi, almashlab yekish dalasi yoki brigadasi, maydoni, yekinning
hamda navning nomi, namuna olingan kun yozilgan yetiketka osib qo’yiladi.
Aprobasiya bog’lamlarini maxsus ajratilgan joyda ikki kun ichida to’liq tekshirishdan
(tahlil qilishdan) o’tkazish lozim. Aprobasiya bog’lamlaridagi o’simlik poyalari
quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- aprobasiya qilinayotgan yekin navining yaxshi rivojlangan sog’lom poyalari;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
- shu yekinning boshqa navlari, xillari va turlarining poyalari;
- asosiy yekinning kasallangan va zararlangan poyalari;
- ajratish qiyin bo’lgan madaniy o’simliklarning poyalari;
- ajratish qiyin bo’lgan begona o’tlarining poyalari;
- taqiqlangan (karantin) o’simliklarning poyalari;
- yeng xavfli begona o’tlarning poyalari;
- asosiy yekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari.
Aprobasiya bog’lamidagi poyalarni tegishli guruhlarga ajratib, ularni sanab, har
bir guruh o’simlik poyalarining miqdori prosent hisobida aniqlanadi.
Olingan ma’lumotlarga asosan yekinning ifloslanish va kasallanish darajasi
belgilanib, tekshirilgan o’simliklar alohida – alohida bog’lanadi, asosiy nav poyalari
100 tadan qilib bog’lab keyin ularning hammasini birga to’plab, ilgarigi yetiketkaga
qo’shimcha qilib aprobasiya aktini «Tekshirish natijalari» grafasiga yozib,
ta’qiqlangan begona o’tlarning nomlari va miqdori ko’rsatiladi.
Urug’likka beriladigan navlilik guvohnomasida ta’qiqlangan, zaharli va yeng
xavfli begona o’t urug’larining bor – yo’qligi albatta ko’rsatiladi.
Yekin quyidagi hollarda urug’lik uchun yaroqsiz hisoblanadi:
a) agar ajratish qiyin bo’lgan madaniy o’simliklarning umumiy aralashmasi 5
foizdan ortiq bo’lsa;
b) ajratish qiyin bo’lgan begona o’tlarning umumiy aralashmasi 3foiz dan ortiq
bo’lsa;
v) bug’doy va arpa yekinlari chang qorakuya bilan 2 foizdan ortiq yoki qattiq
qorakuya bilan 5 foizdan ortiq zararlangan bo’lsa.
Bug’doy, arpa, suli va tariqni yelita yekinlari chang qorakuya bilan 0,1 foizdan
ortiq yoki bug’doy, arpa, sulining yelita yekinlari qattiq qorakuya bilan 0,05 foizdan
ortiq zararlangan bo’lsa, ular yelita sifatida yaroqsiz hisoblanadi.
Aprobator kasallangan yekinlar mavjud dalalarning hosilini alohida yig’ishtirib
olish va alohida saqlash haqida xo’jaliklarni ogohlantirib qo’yishi kerak. Qattiq
bug’doy bilan yumshoq bug’doyning urug’lik dalalari bir-biridan kamida 150 m.
uzoqlikda joylashtirish mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com