Urug’lik pitomnigi. Har yili ekiladi. Birinchi yil tanlash pitomnigida
ajratib olingan hamma tipik va eng yaxshi oilalarning qolgan (zaxira)
urug’liklari ekiladi. O’sish va rivojlanish davrida har oiladagi notipik duragay
va steril o’simliklar, talab qilinsa, butun oilalar brak qilinadi va
ro’vaklarining gullash davrigacha tubi bilan chopib tashlanadi.
Keyingi 2-3 yil urug’lik pitomnigi o’tgan yilgi pitomnikda eng yaxshi
fertillik qobiliyatli bo’lgan tipik oilalardan tanlab olingan 200-250 ro’vak
urug’ligi asosida ekib joylashtiriladi.
Hosilni yig’ib-terib olishda hamma tipik oilalarning pishgan ro’vaklari
bir partiya qilib birlashtiriladi, yaxshi quritiladi, yanchiladi va olingan
urug’lik superelita deb rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |