Eritma tayyorlash. Foiz
konsentratsiya(C%)
380 ml suvda 20 g mis sulfat erigan bo’lsa, erigan moddaning massa ulushini hisoblang.
A)2 B)10 C)20 D)5
15 g moddani 135 g suvda eritib olingan eritmaning konsentratsiyasi (%) qanday bo’ladi?
A) 13 B) 24 C) 10 D) 19
180 g suvda 90 g modda erishidan hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini aniqlang.
A) 0,36 B) 0,38 C) 0,33 D) 0,30
280 ml suvda 28 g osh tuzi eritildi. Osh tuzining eritmadagi massa ulushini (%) toping.
A)4 B)5 C)6 D)9
120 ml suvda 14,8 g magniy nitrat eritildi. Eritmadagi magniy nitratning massa ulushini (%) toping
A)7 B)8 C)10 D)11
160 g suvda 40 g osh tuzi eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasi
(%) qanday bo’ladi?
A) 20 B) 30 C) 15 D) 25
240 g suvda 60 g osh tuzi eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasi
(%) qanday bo’ladi?
A) 20 B) 30 C) 15 D) 25
500 g suvda 100 g osh tuzi eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasi
(%) qanday bo’ladi?
A) 16.6 B) 17.6 C) 18.6 D) 19.5
40 g suvda 10 g osh tuzi eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasi (%) qanday bo’ladi?
A) 20 B) 30 C) 15 D) 25
900 g suvda 100 g osh tuzi eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasi
(%) qanday bo’ladi?
A) 20 B) 10 C) 15 D) 25
11. 22,4 l (n.sh) vodorod xlorid 146 ml suvda eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi xolrid kislotaning massa ulushini foizlarda aniqlang?
A) 14 B) 16 C) 18 D) 20
1 litr suvda (n.sh) da taxminan 2,3 litr vodorod sulfid eriydi. Hosil bo’lgan eritmada
H2S ning massa ulushini (%) aniqlang ? A) 0.35 B) 0.20 C) 2.3 D) 3.4
708 ml suvda 179.2 litr vodorod xlorid eritilishidan hosil bo’lgan eritmadagi xlorid kislotaning massa ulushini toping ?
A) 12.4 B) 16.8 C) 20.2 D) 29.2
1 hajm suvda 125 hajm (n.sh) vodorod xlorid eritilgan. Hosil bo’lgan xolrid kislota eritmasini massa ulushini (%) aniqlang ?
A) 18.5 B) 10.4 C) 12.5 D) 16.9
100 g suvda 0,1 mol kaliy gidroksid erigan eritmada ishqorning massa ulishi qanchaga teng?
A) 5.3 B) 4.7 C) 5.6 D) 5.0
120 ml suvda 1 mol kaliy gidroksid eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi kationning massa ulushini toping?
A) 0.22 B) 0.28 C) 0.56 D) 0.44
17. Massasi 200g bo’lgan 30% li kaliy nitrat eritmasini tayyorlash
uchun qancha miqdor
(g) suv kerak bo’ladi?
A) 150 B) 140 C) 130 D) 160
300g 2,5% li eritma tayyorlash uchun massalari qanday bo’lgan suv va tuz olish?
A) 300 va 2.5
|
B) 300 va 10
|
C) 292.5 va 7.5
|
D) 275 va 25
|
500g 6% li eritma tayyorlash uchun necha gramm tuz va suv olish kerak?
A) 10 va 490
|
B) 35 va 465
|
C) 6 va 494
|
D) 30 va470
|
1200g 25% li eritma tayyorlash uchun massasi qanday bo’lgan tuz va suv kerak?
A) 4 va1096
|
B) 48 va1152
|
C) 12 va1188
|
D) 300 va 900
|