Dars bosqichlari.
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Мetodlar
|
Vaqti
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
Salomlashuv. Davomatni aniqlash. Mashg’ulotning borishi haqida tushuncha berish.
|
Og’zaki muloqat
|
3 daqiqa.
|
2-bosqich. O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha bilimlarini baholash va mustahkamlash.
|
“Klaster” usuli
“Blits savol-javob” metodi
|
10 daqiqa.
|
3-bosqich yangi mavzu bayoni
|
O’qituvchi yangi mavzuni o’quvchilarga aniq va to’laqonli tarzda tushuntirib beriladi.
|
Slayd taqdimot, “Aqliy xujum”
|
10
daqiqa
|
4-bosqich
Mavzuni mustahkamlash
|
Mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlarini, tushunchalarini juftlikdа, guruhlarda va yakka tartibdagi faoliyatlari orqali aniqlash.
|
“Sinkveyn”, “Kaftdagi tilaklar” metodi
|
18
daqiqa
|
5-bosqich
Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
|
Mashg’ulotni yakunlash, mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq berish.
|
Fikr almashuv. Topshiriq berish.
|
4 daqiqa
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism – 3 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga hozirlash. O’quvchilar faolligini oshirish va kayfiyatlarini ko’tarish uchun ulardan bir-birlariga kompliment, maqtov aytishlari so’raladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash va baholash – 10 daqiqa.
O’tilgan mavzuni baholash va mustahkamlashda “Blits savol-javob” metodidan foydalaniladi. Bunda o’quvchilardan tezkorlik va aniqlik talab qilinadi. O’tilgan mavzu: “Har bir inson hurmatga loyiq”. Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Hurmat-e’tibor deganda nimani tushunasiz?
Beminnat yordam nima?
“Mehnat qilding ho’p qilding, minnat qilding yo’q qilding” maqolini izohlang?
Stiven Uilyam Hokking kim?
Erik Vayxenmayr kim?
Erik Vayxenmayr qachon Everestni zabt etgan?
Inklyuzim ta’lim qanday ta’lim hisoblanadi?
Darslik bo’yicha berilgan topshiriq bo’yicha o’quvchilar ota-onalari yordamida yozib kelgan fikrlarini aytib beradilar.
“Klaster” usuli. O’quvchilar asosiy fikrga mos so’zlarni aytadilar va yozadilar:
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar fikri umumlashtiriladi. Darsning bu bosqichi tugagach o’qituvchi tomonidan yangi mavzu e’lon qilinadi.
III. Yangi mavzu: O’zgalarga yordam berib, o’zingda insoniylikni kashf et.
(10 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirishda o’qituvchi multimediali taqdimotdan foydalanadi. Slayd taqdimot orqali o’quvchilarga mavzu yuzasidan faollashtiruvchi savol va topshiriqlar berildi:
1. Nima uchun atrofdagilarga yordam berish kerak?
2. Atrofdagilarga qanday yordam berish mumkin?
3. yordam deb nimaga aytiladi?
Yangi mavzu bayoni bosqichida “Aqliy xujum” metodidan foydalaniladi. Savol:
Hozir siz:
1. Kimgadur yordam berish nima uchun kerak?
2. Yordamning qanday turlari bor?
3. Kimga yordam berish kerak deb hisoblaysiz?
O’quvchilar fikri eshitiladi, ular tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalar to’planib, umumlashtirilib, aniq maqbul xulosaga kelinadi.
13- noyabr – Butun jahon mehribonlik kuni (World Kindness Day). Ushbu ajoyib bayram Butun jahon mehribonlik harakati tashkilotining tashabbusi bilan vujudga kelgan. U xayriya tashkilotlarida ishlaydigan va og‘ir ahvolga duch kelganlarga beminnat yordam beradigan turli mamlakatlardan ko‘ngillilarni birlashtiradi. Ko‘ngillilar o‘z ixtiyori bilan xolisona yaxshilik qiladigan hamda odamlarga, jamiyatga yordam berish uchun o‘z vaqti va kuchini sarflashga tayyor bo’lgan insonlardir.
Yordam – bu ajoyib so‘z, yaxshi ishlar orqali boshqa odamlar bilan muloqot qilishning eng yaxshi usuli. Insondagi insoniylik darajasi atrofdagilarga yordam berish istagining qanchalik samimiyligi bilan belgilanadi. Har birimiz o‘z do‘stimizga yoki sinfdoshimizga, onamiz, otamiz, qo‘shnimizga yordam berishimiz mumkin. Faqat ulardan “Sizga qanday yordam berishim mumkin?” yoki “Sizga yordam bera olamanmi?” deb so‘rash kifoya. Juda oddiy bo‘lgan bu savol ezgu ishlarimizning boshlanishi bo‘ladi.
Quyidagi rasmlarga qarab o’quvchilar o’z fikrlarini izohlaydilar. Rasmlarda yordamning qanday turlari ifodalanganligi bayon qilinadi.
Yangi mavzuni bayon etishda Trevor ismli bolaning insonlarga ko’rsatgan beg’araz yordami haqidagi hikoya o’qiladi. Uning yaxshilik formulasi muhokama qilinadi:
Darslikdagi topshiriqlar bilan og’zaki va yozma holda ishlanadi.
3-topshiriq. Quyidagi vaziyatlarda yuzaga keladigan muammolarni hal etishda yordam bering. Vaziyatlarni tahlil qiling, ushbu vaziyatda qanday yordam berish mumkinligini hal qiling. Bunda yoshingiz va imkoniyatlaringizni hisobga olishingiz kerak.
1-vaziyat. Qo’shningizning kirish eshigi sinib qoldi. U uyiga kira olmayapti.
2-vaziyat. Sinfdoshingiz oyog‘ini sindirib oldi. U uyda qolib, darslarga bora olmayapti va barcha fanlardan orqada qolyapti.
3-vaziyat. Qo’shningizning yolg’iz yashaydigan keksa buvisi bor. Uning oyoqlari og‘rigani sababli ko‘chada uzoq yurolmaydi.
4-vaziyat. 3 – 4 yoshli qizaloq ko‘chada baland ovozda yig‘layapti. U adashib qolgan.
5-vaziyat. Do‘stingiz o‘tilgan mavzuni yaxshi o‘zlashtira olmaganligi sababli past baho oldi. U judayam xafa.
Bu ikki fotosuratdagi bolakayning yoshidagi farq bir yil bo‘lib, ular butun dunyoga tarqalgan. Bu mehribonlik va yordam qo‘lini uzatish bir kishining hayotini o‘zgartirishi mumkinligining isbotidir. Butun insoniyatga yordam berishga harakat qilishning hojati yo‘q – muhtoj odamga yordam bering. Anya Ringgren Loven ochlikdan holdan toygan ikki yoshli bolani ko‘chada ko‘rib qolib, uyidan boshpana beradi. Unga Hope (Umid) deya ism qo‘yadi. Hozir Hope sog‘lom va baxtlidir.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (18 daqiqa)
Mavzuni mustahkamlashda darslikda berilgan topshiriq o’quvchilar e’tiboriga taqdim etiladi. Rasmlarga izoh so’raladi:
Mustahkamlashning ikkinchi bosqichida “Kaftdagi tilaklar” usulidan foydalaniladi. Bu o’quvchilarga motivatsion ruh, ijobiy kayfiyat bag’ishlash uchun o’tkaziladi. O’quvchilar o’z kaftlarini rangli qog’ozlarga chizib qirqib oladilar. Aylana shaklida joylashib oladilar. O’quvchila tayyor rangli kaftlarni bir-birlariga uzatgan holda unga tilak, tabrik, kompliment yozadilar. Tilaklar yozilgan kaft o’z egasiga yetib kelguncha bu jarayon davom etadi. Vaqtni o’qituvchi boshqaradi.
“Sinkveyn” metodi.
Mustahkamlashning uchinchi bosqichida “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi. O’quvchilar bunda mavzuga oid biron so’zni ona tili bilan bo’g’lashadi. Masalan: “Yordam” so’zi.
1-qator: ot – 1 ya so’z 1. Yordam
2-qator: sifat – 2 ta so’z 2. Beg’araz, samimiy
3-qator; fe’l – 3 ta so’z 3. Amalga oshirmoq, bermoq, ulashmoq
4-qator: munosabat- 4 ta so’z 4. Insonlarga beg’araz yordam beraman.
5-qator: sinonim – 1 ta so’z 5. Ko’mak.
V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish. ( 4 daqiqa)
Dars yakunida o’qituvchi o’z fikrini o’quvchilarga bildiradi. Baholarni e’lon qiladi. Faol o’quvchilarni rag’batlaniradi. O’quvchilar fikri tinglanadi.
Uyga vazifa sifatida keying mavzuga tayyorgarlik ko’rish va mavzu bo’yicha
57-betda berilgan topshiriqni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |