VAZIRLAR MAHKAMASI
Vazirlar Mahkamasining tarkibini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy soha- ning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon- lari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar cliiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vako- lat doirasi qonun bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |