ilgari o'rganilgan va darsda o'rganiladigan asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalar.
Darsning asosiy tushuncha va atamalari:
mamlakat hukumati;
hokim;
xalq deputatlari kengashi;
yakkaboshchilik va personal javobgarlik prinsipi;
fcollegiallik prinsipi;
o'zini-o'zi boshqarish organlari.
DARSNING BLOK-ChlZMASl
Dars bosqichlari
vaqt
I.
Tashkiliy qism
2 minut
2.
O'rganilgan materialni takrorlash
7 minut
3.
Hujjatlar bilan ishlash
8 minut
4.
Matbuol konferensiyasi (1-topshiriqni bajarish (X2-bct)
15 minut
5.
Rolli o'yin
8 minut
6.
Yakunlami chiqarish
3 minut
7.
Uyga topshiriqlar
2 minut
DARSNING BORIShI
I. Tashkiliy ishlar. Dars mundarijasi.
Vazirlar Mahkamasi — mamlakat hukumati.
Hokim va xalq deputatlari kengashi.
Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari.
Dars mundarijasini ro'yobga chiqarish ustida ishlash.
O'qituvchining kirish so'zi (2 minut).
Uyga topshiriqlarni tekshirish avvalgi darsda o'rganilgan mavzu masalalari yuzasidan suhbatlashuv shaklida o'tkaziladi (7 minut).
Blits-so'rab bilishni o'tkazish uchun namunaviy savollar:
"Prezident" lotinchadan qanday taijima qilinadi? ("Oldinda o'tiruvchi").
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qaysi asosda amalga oshiriladi? (Muqobillik asosida).
Qaysi yili I.A.Karimov takroriy muddatga prezidentlik saylovi- da g'alaba qozondi? (2000-yil 9-yanvar).
Prezident saylovida ishtirok etishga kirn haqli? (O'zbekiston Respublikasining fuqarosi 18 yoshdan).
Prezident saylovi qachon tayinlanadi? (Ishlab turgan prezident vakolatlari muddati tugaydigan kundan uch oy oldin).
Qaysi paytdan e'tiboran prezident o'z lavozimini egallagan hisoblanadi? (Oliy Majlisda qasamyod etgan paytdan e'tiboran).
Markaziy va joylardagi hokimiyat organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari haqidagi masala O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida" qonun kabi hujjatlar bilan ishlash jarayonida ko'rib chiqiladi.
O'rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida o'qituvchi improvizatsiyalangan kichik matbuot konferensiyasi o'tkazishi mumkin (15 minut).
Ta'lim oluvchilardan biri xalq ta'limi vaziri rolini bajaradi, qol- ganlari esa unga xalq ta'limini rivojlantirish muammolari bo'yicha savollar beradi.
O'quvchilar hokimlarning vakolatlari bilan tanishganidan so'ng (darslikning 91-beti) ta'lim oluvchilaiga improvizatsiyalangan rolli o'yinni taklif qiling. Ta'lim oluvchilardan biri hokimni, boshqasi esa maktob direktorini ifoda etadi. Qolgan o'quvchilar ikki guruhga bo'linadi: hokimni qo'llab-quvvatlash guruhi va maktab direktorini qo'llab-quvvatlash guruhi (8 minut).
Maktab direktori maktabni ta'mirlash va o'quvchilar safarini tashkillashtirish zarurligiga ishontirishi lozim (9-sinf O'zbekiston shaharlaridan biriga yoki xorijiy mamlakatga).
Rolli o'yin davomida ta'lim oluvchilar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va hokim vakolatlari to'g'risida darslik matnidan (91-bet) foydalanishlari zarur.
Dars yakunlarini chiqarish. Bali qo'yish (3 minut).
Uyga topshiriqlar (2 minut).
Paragraf savollari yuzasidan javoblarga tayyorlanish.
O'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyati to'qrisidagi masalani niustaqil o'rganish (darslikning 84—85-betlari).
"O'zbekiston Respublikasining sud tizimi" (21—22-§) matni bilan tanishish.