Dars yakunlarini chiqarish. Ball qo'yish (3 minut).
Uyga topshiriqlar (2 minut). O'rganilgan mavzu savollariga javoblarga tayyorlanish.
23-paragraf mundarijasining davomi bilan tanishish.
QO'SHIMCHA MATERIAL O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XXII bob O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD HOKIMIYATT modda. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqiJ holda ish yuritadi.
modda.
O'zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga say- lanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasining xo'jalik sudidan, shu muddatga saylanadigan vilo- yat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo'jalik sudlari- dan iborat.
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyal ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yo'l qo'yilmaydi.
modda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruv- chi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qan- chalik mosligiga doir ishlarni ko'radi.
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan — Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o'rinbosari va sudyalari- dan, shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibida saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a'zolari deputat bo'la olmaydilar.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a'zolari siyosiy partiyalar va harakatlaming a'zolari bo'lishlari va boshqa haq to'lanadigan lavo- zimni egallashlari mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadi-
lar.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari o'z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo'ysunadilar.
modda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
qonunlarning va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qabul qilgan boshqa hujjatlarning. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining qonunlari O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi;
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi;
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ko'rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat'iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
modda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi — fuqarolik, jinoiy va ma'- muriy sudlov islilarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat'iy va respublikaning barcha hududida bajarilishi shart.
O'zbekiston Respublikasining Oliy sudi — Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, shahar va tuman sudlarining faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
modda. Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxo- nalar, muassasalar, tashkiiotlar o'rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o'rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo'jalik nizolarini hal etish Oliy xo'jalik sudi va xo'jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
modda.
Sudyalar mustaqildir, faqat qonunga bo'ysunadilar. Sudyalarniijg odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
OUy sud va Oliy xo'jalik sudi rasislari va a'zolari Oliy Majlisning deputati bo'lolmaydilar.
Sudyalar, shu jumladan, tuman sudyalari siyosiy partiyalar va harakatlarning a'zosi bo'lishlari va boshqa haq to'lanadigan lavo- zimni egallashlari mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko'rsatilgan asoslar bo'lgandagina ozod etilishi mumkin.
modda.
Hamma sudlarda ishlar ochiq ko'riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo'l qo'yiladi.
modda.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkiiotlar, mansab- dor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
modda.
O'zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o'zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko'pchilik aholi so'zlashadi- gan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydi- gan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to'la tanishish va.sud ishlarida ishtirok etish hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi ta'minlanadi.
modda.
Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi.
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko'rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.